Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



FIDOYILIK – FAOLIYAT ASOSI
16.11.2017

FIDOYILIK – FAOLIYAT ASOSI

Istiqlol yillarida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida islohotlar izchil ravishda davom etib, tibbiyot muassasalari binolari eng zamonaviy tibbiyot vositalari bilan jihozlanib, ularni yuksak bilim, tajriba va mahoratga ega bo‘lgan xodimlar boshqarib, ular el sog‘ligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilmoqdalar.

Prezidentimizning tibbiyot tizimidagi faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilgan farmonlari va qarorlari izchil bajarilmoqda.

Viloyatda sog‘likni saqlash tizimining birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini, qishloq vrachlik punktlarining, oilaviy poliklinikalarning faoliyati yanada takomillashmoqda. Patro­naj xizmati va kasalliklar profilaktikasini yaxshilash orqali aholining salomatligini hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, aholining tibbiy bilimlarini mustah­kamlash, tibbiyot tizimi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida amaliy ishlar olib borilayapti.

Kecha-yu kunduz el sog‘ligi yo‘lida jonkuyarlik bilan faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining fidoyiliklaridan barcha mamnun.

12-noyabr - Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda soha xodimlarining aholi salomatligini saqlash yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Bayram tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimi I.Sabirov sog‘likni saqlash xodimlarini, shu sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan, ayni paytda qarilik gashtini surayotgan faxriylarni kasb bayramlari bilan qizg‘in qutladi. Bugungi kunda tib­biyot tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar va kelgusidagi vazifalarga alohida to‘xtaldi.

Sohada samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga viloyat hokimining Faxriy yorliqlari va sovg‘alari topshirildi.

- Tibbiyot tizimi bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Muassasalar zamonaviy tibbiyot asboblari bilan ta’minlanmoqda. Buni o‘zimiz faoliyat ko‘rsatayot­gan markaz misolida ham aytish mumkin, - deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Egamberdiyev. - Barcha tashxis, muolaja jarayonlarini tez, sifatli tarzda o‘tkazish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Markazimizdagi 21 ta bo‘limda tajribali tibbiyot xodimlari bemorlarning tezrok sog‘ayishi, salomatligi tiklanishi yo‘lida mas’uliyatni yurakdan xis qilgan holda kechasi-yu kunduzi mehnat qilmoqdalar.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi diagnostika bo‘limi shifokori Dilorom Qo‘chqorova bolalarning sog‘lom bo‘lib voyaga etishi uchun kasbdoshlari bilan birga doimo xizmatga tayyor ekanligini qayd etib, o‘g‘il-qizlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tashkil etilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib berdi.

Kasb bayramiga tashrif buyurgan shifokorlar sohada erishilayotgan muvaffaqiyatlar bi­lan birga, shu kunlardagi dolzarb vazifalar, rejalari xususida o‘rtoqlashdilar.

Bayram tadbirida san’at ustalari va yosh ijrochilar tomonidan musiqali dastur namoyish etildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 15-noyabr, №91