Click to listen highlighted text!
Хоразм вилояти ҳокимлиги

ҲАМКОРЛИКНИНГ ЯНГИ БОСҚИCҲИ

HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
20.08.2018

O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti o‘xshash. YUrtimizda yashab kelayotgan koreyslar o‘zbeklar bilan do‘st-birodar bo‘lib, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy xayotning barcha soxalarida faoliyat yuritishmoqda. Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon-U Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Hurmatli mehmonni viloyat hokimi v.b F.Ermanov viloyat hokimligida kutib oldi.



Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamalakat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlab eksport qilish hamda turizm, sanoat va iqtisodiy munosabatlarga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa takliflar yuzasidan fikr almashildi. Hurmatli elchi Janubiy Koreadagi bir viloyat bilan Xorazm viloyati o‘rtasida barcha soxalarda tajriba almashish yo‘li orqali og‘aynichilik o‘rnatish taklifini bildirdi. Uchrashuvda Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisining birinchi kotibi U Xi Chang va Xorazm viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov, Tashqi ishlar vazirligining Xorazmdagi bo‘limi rahbari Timur Raxmanov hamda O‘zbekiston Koreys madaniy markazlari uyushmasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi raisi Antonina Kim E-Senenovnalar qatnashib hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Kvon Yon-U ushbu uchrashuv ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan turli sohalarni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. Tashrif doirasida hurmatli mehmonlar qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish bilan birga “Qovun sayli”da qatnashib, voxamiz noz-ne’matlaridan ta’tib ko‘rishdi.
Добавить комментарий

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив