Click to listen highlighted text!
Хоразм вилояти ҳокимлиги

"ҲАР БИР ОИЛА-ТАДБИРКОР"ДАСТУРИ ИЖРОСИ ТАъМИНЛАНМОҚДА

"HAR BIR OILA-TADBIRKOR"DASTURI IJROSI TA’MINLANMOQDA
09.08.2018

Yurtimizda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, istiqbolli loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 7 iyunda qabul qilgan "Har bir oila-tadbirkor" dasturini amalga oshirish to‘g‘risida"gi qarori oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qaror viloyatimizda ham izchil ravishda bajarilmoqda. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan aholining biznes rejalari, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Tadbirkorlikni tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlanyapti. Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida Respublika, viloyat bank tizimining mas’ullari, viloyatdagi boshqarmalar va tashkilotlarning rahbarlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari, sha-har va tumanlar hokimlari vazifasini bajaruvchilari, tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va shu kunlardagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov boshqarib bordi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi M.Nurmuratov so‘zga chiqib, bugungi kunda shahar va tumanlarda, barcha joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, dasturda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida tadbirlar ishlab chiqilganligini, ayni paytda ishchi guruhi a’zolari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda aholiga amaliy yordamlar ko‘rsatayotganligini ta’kidladi. Markaziy bankning xududiy boshqarmasi, viloyat tijorat banklari hududiy filiallari va O‘zbekiston Fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi va boshqa qator tashkilotlar hamkorlikda shahar va qishloqlarda bo‘lib, aholiga bu muhim hujjat yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishayapti. Aholi uchun joylarda "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo‘lgan turlari" mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo‘nalishlardagi tayyor biznes rejalar taqdim etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi M.Nurmuratov tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ishtiyoqida bo‘lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilishini va bu imkoniyatdan har bir fuqaro samarali foydalanishi uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Ayniqsa, kasanachilik va kichik hajmdagi ishlab chiqarish sub’ektlarini (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berilishi aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratadi. Endilikda joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami tubdan kengayadi. Tadbirkor oilalarning mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi biznes bozor infrastrukturasi ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari barpo etiladi. Yig‘ilishda qaror ijrosini ta’minlashda shahar va tumanlar hokimlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari oldida turgan dolzarb masalalar va ularni amalga oshirishdagi vazifalar ko‘rsatib berildi.
Добавить комментарий

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив