Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



EZGU MAQSADLARNI KO‘ZLAB
14.11.2015

   Deputatlik katta ishonch. O‘tgan yil oxirida mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zbekistan milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzodim ko‘rsatilib, ana shu ishonchga sazovor bo‘ldim. 4-“Paxtakor” saylov okrugidan Xiva tuman Kengashiga deputatlikka saylandim. Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasida esa safdoshlarimiz menga yana bir ishonch bildirishib, tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi etib saylashdi. Katta ishonchning katta mas’uliyati ham bor. Belgilangan reja va dasturlar asosida tumanimizda iqtisodiy-ijtimoiy isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
   Shuningdek, bu borada doimiy komissiya, Kengashdagi partiya guruhi a’zolari hamkorligi mustahkamlanmoqda.
   Men deputatlikka saylangan okrug hududidagi Shomoxulum qishlog‘ining “Chanashik”, “Qoradomoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va bevosita fuqarolar bilan aloqa o‘rnatgan holda saylovchilar bilan doimiy uchrashuv va muloqotlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Qabul kunlari ham belgilab qo‘yilgan.
   Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida okrug hududidagi muammolarni mahalla fuqarolar yig‘ini bilan birgalikda o‘rganib, tumandagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topishga harakat qilinmoqda. Shomoxulum qishloq fuqarolar yig‘ini va tuman Kengashi hamkorligida “Keksalarni e’zozlash yili” tuman dasturi bo‘yicha qishloqdagi yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish uchun homiylarni jalb etdik. Shuningdek, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni, fermerlarni, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
   Bundan tashqari qishloqda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, oziq-ovqat dasturining bajarilishi, obodonlashtirish, kommunal to‘lovlar va aholining tadbirkorlik haqidagi fikrlari bilan qiziqib, shu ishlar yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, uch yildan buyon ajratilib qo‘yilgan gaz tarmog‘ini ulash va “Chanashik” mahallasini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari asosan “Qoradomoq” mahallasiga qarashli “Do‘st Aziz bobo” qabristonini bino va devorlarini rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, tevarak-atrofni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ham xayrli ishlar davomi bo‘ldi. Tuman hokimligi tomonidan belgilangan bandlik dasturini bajarish maqsadida shu kungacha hududdagi fermer va ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarda xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida yangi ish o‘rinlari yaratishga ham e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Chanashik” mahallasida joriy yil davomida uchta xizmat ko‘rsatish shaxobchasi uchun er maydoni ajratilishida deputat sifatida yordam berishga to‘g‘ri keldi. Kelgusida ushbu hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlarga takliflar kiritilmoqda.
   Hozirgi kunda xududda qishloq, mahalla fuqarolar yig‘inlari tadbirkor va xunarmandlar bilan shu yilning 27 yanvarida Respublika Prezident I.A.Karimovning Parlamentning qo‘shma yig‘ilishidagi “Mamlakatni moder¬nizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish - bosh vazifamizdir” mavzusidagi ma’ruzasi asosida yilning oxirigacha “Chanashik” mahallasini oilaviy biznes va xususiy tadbiskorlik markaziga aylantirish bo‘yicha katta ishlar boshlab yuborildi. Yurtboshimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari xaqida” gi kitobining mohiyati hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida Kengash a’zolari bilan aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
   Deputatlik faoliyatimda menga bildirilgan ishonchni oqlash maqsadida bundan buyon ham ma’suliyatni his qilgan holda muammolarni hal etish, yutuqlarni ko‘paytirish uchun tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda harakatni yanada faollashtirish niyatidaman.

J.Otajonov,
tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi.
“XIVA TONGI” 2015 yil 7 noyabr №41 (8422)