Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



E’TIBOR, G‘AMXO‘RLIK IFODASI
02.08.2015

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarida islohotlar izchil davom etib, shahar, qishloqlarimiz yaratuvchiliklar, bunyodkorliklar, obodonlashtirishlar natijasida yanada fayzli, ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Yurtdoshlarimiz istiqbolli tashabbuslar na loyihalar asosida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilib, quvonarli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Ayniqsa Prezidentimizning 2015 yil 17 iyulda qabul qilgan “O‘zbekistan Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorini yurtdoshlarimiz katta ko‘tarinkilik bilan kutib oldilar.
Ayni paytda vohamizning barcha joylarida eng ulug‘, eng aziz bayramga har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik davom etmoqda. Bugun viloyatimizning qaysi bir mahallasi, qishlog‘ida, korxona va tashkilotida bo‘lmang, keksayu yosh shunday tinch, farovon, obod, bir-biridan go‘zal fasllari, bebaho tabiati bilan maftunkor bo‘lgan jannatmakon O‘zbekistonda umrguzaronlik qilayotganliklariga shukronalar aytishmoqda.
Ha, mustaqillikning ne’matlari bebaho va uni har bir yurtdoshimiz e’zozlab, o‘z mehnati, yutuqlari bilan yanada mustahkamlashga qat’iy ahd qilishgan.
Voha bo‘ylab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim!”, degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy, amaliy, madaniy-ma’naviy xamda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Qarorda qayd etilganidek, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholiga, birinchi navbatda keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning xuquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun davlat byudjetidan ijtimoiy extiyojlar, jumladan, aholini qo‘llab-quvvatlash va sotsial sohani mustahkamlashga ajratilayotgan yillik xarajatlar izchil oshib bormoqda. 2014 yilda bu raqam 60 foizdan ortganini mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mantiqiy natijasi sifatida yaqqol ko‘rish mumkin.
Ayni paytda biz aholi bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlarda ular o‘zlarining kundalik farovon hayotlarini, turmushlari har tomonlama yahshilanib borayotganligini aniq misollarda qayd etishmoqda.
Xuddi shuningdek, viloyatimiz xotin-qizlari cheksiz quvonchi, baxtiyorligi, mamnunligini hamda o‘zlarining fayzli xayotlaridan kelib chiqib, bu e’tibor, e’zozga cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy xayotdagi faolligini oshirish, ona-bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ayollar sog‘ligini tiklash, mustaxkamlash, reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirib borishga oid ko‘plab qarorlar, farmonlar qabul qilinib. ularning ijrosi izchil bajarilmoqda.
Prezidentimizning “O‘zbekistan xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2004 yil 25 maydagi PF-3434-sonli Farmoni xotin-qizlar qo‘mitasi, uning boshlang‘ich tashkilotlari va mutasaddi tashkilotlar faoliyatida dasturilamal bo‘lib kelmoqda.
Bugun xorazmlik xotin-qizlarning ijtimoiy - iqtisodiy sohalardagi faolligi tobora oshmoqda. Viloyat markazi va qishloqlarga dadil kirib borayotgan sanoat korxonalarida xotin-qizlar zamonaviy dastgohlarni mohirlik bilan boshqarmoqdalar. Jumladan, “Shovottexc”,-“Urgtexs”, “Xorazm gilamlari”, “Xorazm texs” va boshqa o‘nlagan yirik korxonalarda faoliyat yuritayotganlarning ko‘pchiligi xotin-qizlardir. Ayniqsa, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan qizlar bugun bu jamoalarda mehnat qilmoqdatar.
Viloyatda kichik biznes sub’ektlarida, xususiy tadbirkorlikda xotin-qizlarning safi tobora kengaymoqda. “Tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman”, degan xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1 iyul xolatiga 826 nafar tadbirkor ayolga 29765,0 mln. so‘m kreditlar ajratildi.
Bu yil viloyatda kasb-xunar kollejlarini 13172 nafar, akademik litseylarni 743 nafar qizlar bitkazdi. O‘zbekistan Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining topshirig‘iga binoan kasb-xunar kollejlarida “Bitiruvchilar shtabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida bitiruvchilarning bandligi o‘rganib chiqilib, monitoring qilinmoqda. Bu bo‘yicha muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi va nazoratga olindi. Korxona, tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilib, bandlik masalasi ko‘rib chiqildi va kredit olish istagini bildirgan 446 nafar qizlardan 256 nafariga bugungacha 4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Doimiy ravishda shahar va tumanlarda tashkil etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham xotin-qizlarning o‘zlari xohlagan kasblar bo‘yicha bandligini ta’minlash imkonini berayapti.
Bugun barcha sohalarda “Ustoz-shogird” maktabi yaratilgan. Ayniqsa tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha bilim, tajribaga ega bo‘lgan Farog‘at Sa’dullaeva, Bikajon Otajonova, Munavvara Isaeva, Roza Eshjonova, Shoira Davletova, Bibisora Otajonova, Gulbahor Yusupova, Zulfiya Qo‘shnazarova, Zulfiya Masharipova, Zulfiya Rahimova kabi tadbirkorlar, ustozlar qizlar, kelinchaklarga kasblar yuzasidan o‘z mahoratlaridan saboq berib kelayotirlar. Shuningdek, “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” markazida qizlarga biznes reja tuzish va kredit olish tartiblari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, “Mening oilaviy byudjet kitobcham” nomli kundalik xarajatlarni qayd etish daftari yuritilishi o‘rgatilib, shu orqali xotin- qizlarga oilaviy byudjetlarini to‘g‘ri boshqarish, tejamkorlikka o‘rgatish bo‘yicha tegishli yo‘llanmalar berilmoqda.
Xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘zini o‘zi boshqargan organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan xamkorlikda tashkil etayotgan turli tadbirlari o‘z samarasini bermoqda. Fuqarolar yig‘inlarining diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari va mehnat boshqarmasi tomonidan ayollar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, uy bekalari va vaqtincha ishsiz ayollar o‘rtasida olib boriladigan faoliyat bo‘yicha aniq maqsadli dasturlar ishlab chiqildi. Xotin-qizlarning xuquqiy, tibbiy, ekologik bilimlarini oshirishlari uchun yil davomida tadbirlar tashkil etilayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonovaning viloyatimizda bo‘lib, faoliyatimizni yanada takomillaiggirish borasidagi tavsiyalari asosida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Viloyatimizdagi “Ayollar va oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari”ning faoliyati ta’sirchanligi oshmoqda.
Urganch shahri va tumanlarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari qoshidagi “Ayollar maslahat xonalari”da ruhshunos, xuquqshunos, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi va faollardan iborat jamoatchilik asosida qabul kunlari tashkil etilmoqda. Turli masalalar bilan murojaat qilayotganlarning muammolari shu erning o‘zida xal etilib, amaliy ko‘maklar berilayapti.
Respublika xotin-qizlar qo‘mitasining doimiy e’tibori, amaliy yo‘l-yo‘riq va tavsiyalari asosida xotin-qizlarning iqtidorini namoyon qilishlari uchun ko‘rik tanlovlar, festivallar, anjumanlar, madaniy- ma’rifiy tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilayotganligi yangi iste’dod egalarini kashf etmoqda. Bugun “Zulfiyaxonim izdoshlari” bo‘lishga intilayotgan qizlarning qobiliyatidan ko‘ngillar shodlanadi. An’anaviy tashkil qilinayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlari ko‘rik-tanlovida ta’lim, adabiyot, san’at, madaniyat, fan yo‘nalishlarida qatnashayotgan qizlarning iste’dodlari yanada quvonarlidir.
El-yurt xurmatiga sazovor aziz insonlardan O‘zbekistan Qahramonlari - Vera Pak, Anorjon Mahmudovalar qizlarning serqirra faoliyati, intilish, izlanishlarini mamnunlik bilan ta’kidlashadi. Bu ustozlar viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, joylardagi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini yanada samarali bo‘lishi uchun ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib, maslaxatlar, tavsiyalar berib borishmoqda.
Xorazmlik xotin-qizlarning sport yo‘nalishidagi yutuqlari ham quvonar¬lidir. Ayni paytda xotin-qizlar sportning 32 turi bilan muntazam shug‘ullanmoqdalar. Endilikda “Yoshlik” sport majmuasi voha ayollarining sevimli maskani bo‘lib, ular oila a’zolari, yaqinlari, qo‘shnilari bilan birgalikda bu erga kelib, et mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqdalar.
Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasi bilan sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, “Ayollar sport” festivali yuksak darajada tashkil etilayotir. Shunisi quvonarliki, bugun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Gulyor Otajonova, Sabohat Rohatova, Shirin Rahimova singari qizlarimiz jahon chempionatlarida, musobaqalarida qatnashib, yuqori o‘z o‘rinlarni egallashmoqda.
“Orasta qizlar” to‘garaklarining faoliyati takomillashib borayotganligini alohida ta’kidlash mumkin. Ularda qizlarning o‘z sog‘liqlari to‘g‘risida qayg‘urishi, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etishning foydasi, go‘zal, milliy an’ana, urf-odatlarimiz kabi xayotda muhim bo‘lgan fazilatlardan ko‘nikmalar berilmoqda. Bu jarayonda faxriy onaxonlar, mutaxassislar ham faollik ko‘rsatishmoqda.
Prezidentimizning “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarori asosida amaliy ishlar olib borilayapti. Xotin-qizlar qo‘mitalari o‘z xududlarida mehnat fahriylari, piru badavlat otaxonlar, onaxonlar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etishyapti. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yolg‘iz keksalar xonadonida bo‘lib, ulardan xabar olinmoqda. Ularning ko‘pchiligining uylari, xonadonlari ta’mirlanib, kundalik turmushda zarur bo‘ladigan vositalar bilan ta’minlanmoqda. Ayniqsa ayni paytda “Orasta qizlar” to‘garagi a’zolari keksalarga yanada izzat-xurmat ko‘rsatishmoqda. Masalan, Yangibozor tumanida o‘tkazilgan “Orasta qiz-el ko‘rki” mavzusidagi tadbirda qizlar mahalladoshlariga ibrat bo‘lgan To‘ra Otajonov istiqomat qilayotgan xonadonda bo‘lishdi.
Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi bilan xamkorlikda “Yuz bilan yuzlashgan” 59 nafar otaxon, onaxonlar xuzurida bo‘lib, ularga moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatishdi. “Asr bilan yuzmayuz” tadbirlarida momolarimiz, bobolarimiz sobiq sho‘rolar davridagi og‘ir, mashaqqatli xayotdan so‘zlab va istiqlol sharofati bilan milliy an’ana, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz qayta tiklanganligini shukronalik bilan takrorlashmoqda. Gurlanlik 117 yoshlik Poshshajon momo Xayitmetova, urganchlik 117 yoshlik Oymonjon momo Do‘schonova, yangibozorlik Momojon Romanova kabi yuz va undan katta yoshdagi tabarruk insonlar suhbatlaridan yoshlar, xotin-qizlar bahramand bo‘lishmoqda. Joylardagi pensiya, ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatuvni idoralar xodimlari keksalar uylarida bo‘lib, ular bilan yaqindan suhbatlashmoqdalar. Bunday xizmat ko‘rsatish idoralarining faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilyapti. Xotin-qizlar Qo‘mitasining keksalarga e’tibor va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati izchil davom etaveradi.
Shunisi quvonarliki, bugun xotin-qizlarning jamoat hayotidagi ishtiroki, faolligi tobora oshmoqda. Ulardan 96 nafari deputat qilib saylangan.
Maktabgacha ta’lim, xalqta’limi, o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tizimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar yosh avlodni har tomonlama barkamol voyaga etishida bilim - mahoratini fidoyilik bilan sarf qilmoqdalar. Olima ayollarning ilm-fan yo‘lidagi ilmiy izlanishlari va ularning samaralari xayotga keng tatbiq qilinyapti.
Adabiyot, san’at, madaniyat yo‘nalishidagi xotin-qizlarning ijod namunalari qalblarga quvonch, fahr bag‘ishlaydi. Bugun ular mustaqilligimizning 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda faol ishtirok qilmoqdalar.
Yurtimiz xotin-qizlarining barcha soxalarda o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun sharoitlar muhayyo. Lekin ayrim ayollarning kimlarningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, mo‘may daromad, boylik orttirish maqsadida chet ellarga borayotganligi xolatlari ham uchramoqda. Biroq yurtimizda xotin-qizlarning xohlagan kasbda, sohada ishlashlari uchun imkoniyatlar ko‘lami kengdir. Shu tufayli xotin-qizlar qo‘mitalari el-yurt xurmatiga sazovor insonlar, xuquqshunoslar, turli kasb egalaridan iborat targ‘ibot guruhlari bilan aholi istiqomat joylarida, o‘quv muassasalarida, tashkilotlarda davra suhbatlari o‘tkazib bormoqdalar. Bu esa qonun buzilishlarining oldini olib, ayollarning xuquqiy madaniyatini oshirmoqda.
Viloyat tibbiyot tizimi xodimlari bilan birgalikda turli kasalliklarning, jumladan. OITS, sil, gayohvandlikning oldini olish, ularga qarshi kurashish maqsadida tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu kasalliklarning og‘ir oqibati to‘g‘risida xikoya qiluvchi bukletlar, kitoblar tarqatilmoqda. Sog‘lom turmush qoidalari keng targ‘ib etilmoqda.
Yurtimizda o‘sish, o‘zgarishlar daqiqa sayin keng avj olmoqda. Bugun viloyatimiz katta qurilish maydoniga aylangan. Prezidentimizning “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qarorlari asosidagi amaliy ishlar ko‘z oldimizda namoyon bo‘lmoqda. Urganch shahridagi Al-Xorazmiy, A.Baxodirxon, Tinchlik, “Yoshlik” ko‘chalarida va voha tumanlarida qad rostlagan uylar namunaviy turarjoylardagi qulayliklardan ayniqsa xotin-qizlar juda xursand bo‘lishmoqda. Chunki ularda yaxshi, chiroyli yashash uchun qulay sharoitlar muhayyo etilgan.
Bugun ana shunday uylar oldida maishiy, savdo, aloqa, “Ayollar uchun go‘zallik salonlari” xizmati ko‘rsatuvchi o‘nlagan shoxobchalar ishga tushgan. Ana shunday uylar xududidagi sport maydonchalari, gimnastika zallarida mashg‘ulotlar kun bo‘yi davom etmoqda.
Bugun viloyatimizning qaysi bir go‘shasida bo‘lmang, barchaning kayfiyati ko‘tarinki ruhda. Istiqlolimizning 24 yillik ayyomini munosib yutuqlar bilan kutib olish uchun g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoqdalar.
Bayram oldi tadbirlarida eldoshlarimiz qayta va qayta shu yurt farzandi ekanligini, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarimizni fahr-iftihor bilan alohida ta’kidlamoqdalar.


Sayyora ABDIKARIMOVA,
viloyat xokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatn a’zosi.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 1 avgust №61 (19199)