Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ERKIN IQTISODIY ZONA: SOLIQ SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR
22.11.2017

ERKIN IQTISODIY ZONA: SOLIQ SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR

Ayni kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, sohada tarkibiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi "Urgut”, "G‘ijduvon”, "Qo‘qon” va "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni viloyatlarda iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, mazkur farmonning amaliyotga tatbiq etilishi oziq-ovqat, engil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik va avtomobilsozlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida samarali mehnat qilayotgan hazorasplik tadbirkorlar uchun ngi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Xorazm viloyatining Hazorasp tumani Pitnak shahrida tashkil etilgan "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining er maydoni 414 gektarni tashkil qilib, bu erda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va xalqaro darajada markirovka qilish, eksportga yo‘naltirish bo‘yicha "Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tomonidan ilmiy ishlab chiqarish markazi ham o‘z faoliyatini boshladi. Zona hududida 87,5 mln. dollarga teng jami 35 ta loyiha amalga oshirish belgilab olingan bo‘lib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida kir yuvish mashinalari, bir martalik meditsina qo‘lqoplari, changyutkich (pыlesos), "Damas” va "Labo” avtomashinalari uchun extiyot qismlari kabi eksportbob, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar va yuqori qo‘shilgan qiymatli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi, 6,2 mln. dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi hamda 1708 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Xususan, bu erda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq to‘lovlari va bojxona sohasida turli imtiyoz va qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ular faoliyati davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinishi belgilab berilgan. Ya’ni erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni olib kirishda taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘ri qo‘llanilishi, ularga farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlarini yaratib berish soliq xizmati organlariga katta mas’uliyat yuklaydi.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan "Xazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatida soliq sohasiga oid masalalarni tezkor hal qilish to‘g‘risida tegishli choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, soliq imtiyozlaridan foydalanishda, ularni rasmiylashtirishda sansolarlikka yo‘l qo‘ymasdan, zona hududida faoliyatini boshlagan tadbirkorlik sub’eklariga soliq to‘lovlarida yaratilgan interaktiv xizmatlardan oqilona foydalanish uchun amaliy seminarlar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Kuni kecha Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak qishlog‘i, Obod mahallasida "Xazorasp” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi sanalgan "PITNAK PANEL” MChJ qo‘shma korxonada tashkil etilgan davra suhbatida ham viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, mazkur qo‘shma korxonaning faoliyati davomida soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarga oid savollarga javob olindi.

-"PITNAK PANEL” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi (Xitoy) tomonidan "Sanoatqurilishbank” viloyat filiali balansida bo‘lgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan eski "Hazorasp Ruf” MChJning binosi 
2,6 mld. so‘mga sotib olinib, ushbu bino negizida 3,6 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga sendvich panellarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, bugungi kungacha korxona tomonidan 1,3 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar (Xitoy tomonidan) jalb qilindi. Yaqin kunlarda mazkur qo‘shma korxona tomonidan dastlabki mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan, - deydi "Hazorasp” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” davlat unitar korxonasi direktori Anvar Davletov.

Endilikda erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Ushbu hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, pirovardida aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy topishiga, aholini barqaror daromad bilan ta’minlashga hamda xalqimiz turmush farovonligini yanada yaxshilash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilrabo Kuryazova

Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i