Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ENERGIYA RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANAYLIK!
02.02.2018

2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 8 noyabrda qabul qilgan "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori    ijrosini ta’minlash yuzasidan  viloyatimizda amaliy ishlar olib borilmoqda.

"O‘zdavneftgazinspektsiya"sining Xorazm hududiy bo‘limi tomonidan Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan seminarda sohaga oid tadbirkorlik sub’ektlari, qator tashkilot rahbar va ishchi xodimlari ishtirok qildilar.
 Ushbu seminarda tumanda faoliyat yuritayotgan "Zamin g‘isht", "Sarbon","Gaz kompressor", "Azizbek, Suhrobbek, Maftuna" mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining rahbarlari, tadbirkorlarga mazkur Qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Ta’kidlandiki, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu Qaror energiya tejamkor uslublar va texnologiyalarni joriy qilishda muhim qadam bo‘ldi. Xususan, ushbu yil 1 yanvardan boshlab energiya            resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantiruvchi bir qator mexanizmlar joriy qilinmoqda. 
Davlatimiz rahbarining mazkur Qarori mamlakatimizda zamonaviy energiya samarador va energiya  tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha faoliyatni jadallashtirishga xizmat qiladi va energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etishi seminarda ta’kidlandi. 
- Bugungi kunda biz, tadbirkorlarga faoliyatimizni rivojlantirishimizda keng imkoniyatlar, qulayliklar yaratib berilmoqda. Bundan oqilona foydalanib, aholiga reglament talablariga qat’iy rioya qilgan holda yuksak darajada xizmat ko‘rsatamiz,  - deydi tumandagi "Gaz kompressor" mas’uliyati  cheklangan jamiyati rahbari F.Ro‘ziboev.
O‘quv-seminar yakunida mutaxassislar tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Sherzod XO‘JANIYoZOV,
"O‘zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo‘limi mutaxassisi.