Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



EL-YURT OSOYISHTALIGI YO‘LIDA
24.10.2018

Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari hushyorlik bilan xizmat qilishmoqda. 25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, polkovnik Shavkat Navro‘zovich RAHMONOV bilan suhbatlashdik. - Shavkat Navro‘zovich, ichki ishlar tizimida islohotlar va ularning samaralari hamda faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalsangiz. Viloyat hududida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi? - Ha, bugungi kunda ichki ishlar tizimida islohotlar izchil davom etmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 10 aprelda qabul qilgan "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash faoliyatimiz asosini tashkil etmoqda. O‘tgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ichki ishlar organlarining mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’min-lash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlikka qarshi kurashish uchun tashkil etilgan quyi bo‘g‘inini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi. Viloyat ichki ishlar organlarining mahalliy hokimiyat hamda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda olib borayotgan izchil faoliyati ayni kunda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, ichki ishlar tizimining eng zamonaviy transport, kompyuter hamda aloqa vositalari bilan ta’minlanishi, xodimlarga etarli xizmat sharoitlarining yaratib berilishi bu sohaning jadallik bilan rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xodimlarimizning yuksak mas’uliyat bilan xizmat qilganliklari natijasida viloyatimiz hududida barcha turdagi jinoyatlar keskin kamayishiga erishildi. Raqamlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, umumiy jinoyatlar 38 foizga, shu jumladan, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 30 foizga kamaydi. Viloyatimizda mavjud bo‘lgan 498 ta mahallaning 263 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Shuningdek, qidiruv sohasida ham muayyan ko‘rsatkichlarga erishildi. Shu yilning o‘tgan davri mobaynida 149 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinib, tergov organlariga top-shirildi. Shundan 81 nafari uzoq yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxslardir. Shu o‘rinda qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tafsilotlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Odam savdosi jinoyatini sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgan yangiariqlik J.Ikrom shu yilning 15 avgust kuni Bog‘ot tumani hududida ushlanib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi. Shuningdek, firibgarlik jinoyatini sodir etib, Rossiya Federatsiyasida yashirinib yurgan U.Davron ham joriy yilning 16 avgust kuni Urganch aeroportida qo‘lga olindi. Mamlakatimizda chet el valyutalarining erkin konvertatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha ijobiy ishlar olib borilayotgan bir paytda ayrim shaxslar hamon qonunga xilof ravishda valyutafurushlik bilan shug‘ullanishmoqda. Joriy yilning 16 sentyabr kuni Urganch tumanidagi Yuqorido‘rman qishlog‘ida yashovchi R. Mansur tanishiga 40 000 AQSH dollarin 8 120 so‘mdan jami 324 800 000 so‘mga sotishga kelishib, shundan 20 000 AQSH dollarini 162 400 000 so‘mga sotib o‘tkazayotgan paytida Yangibozor tumani IIB hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan R. Mansurga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining keng jamoatchilik bilan hamkorligi samarali davom etmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida jamoat joylari, mahallalar, ma’muriy binolar atroflarida, aholi gavjum joylarida jamoat tartibini va xavfsizligini ta’minlash, pasport tizimi qoidalariga rioya qilinishini tekshirish, diniy-ekstremizm hamda terrorizmga qarshi kurashish, jinoyat sodir qilishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ular bilan profilaktik ishlar olib borish, ichki ishlar organlari hisobida turgan shaxslarning turmush tarzini o‘rganib, profilaktik suhbatlar o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarga amaliy yordam berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxona hamda boshqa muassasa, tashkilotlarda soqchilikni tashkil etish, tungi navbatchilik guruhlari faoliyati izchil nazoratga olingan. - So‘nggi paytda profilaktika inspektori mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida e’tirof etilmoqda. Demak, bu sohaviy xizmat xodimlari zimmasiga aholi tinchligini ta’minlash bilan bir qatorda xalqning dardi va tashvishi bilan yashash, muammolarini hal etishdek muhim vazifa yuklatilgan. Ushbu soha fidoyilari faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tsangiz? - Haqiqatan, bugungi kunda mahallalarda profilaktika inspektorlari faoliyati takomillashmoqda. Viloyat hududida 347 ta ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu maskanlarda ichki ishlar xodimlari bilan bir qatorda mahalla fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, mahalla posboni jamoat tuzilmasi va faollar xizmat qilishyapti. Fuqarolarning turmush tarzi, oilaviy muammolari va boshqa har qanday masalalar shu erning o‘zida hamkorlik va hamjihatlikda hal etilmoqda. Prezidentimizning tashabbusi bilan viloyatimiz hududida xizmat qilayotgan 361 nafar profilaktika inspektorining barchasi o‘zi xizmat qilayotgan hududda xizmat turar joylari bilan ta’minlandi. Ularga imtiyozli kredit asosida "Matiz" rusumli avtomashinalar berildi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda fidoyilik ko‘rsatayotgan xodimlar munosib tarzda rag‘batlantirilib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida xizmatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan viloyat ichki ishlar organlari xodimlaridan 53 nafari davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, 60 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "A’lo xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni, 80 nafari esa "Faxriy yorlig‘i" bilan taqdirlandilar. Ular orasida profilaktika inspektorlari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. - Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini ta’minlashda jismonan baquvvat, ma’nan etuk hamda o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarimizning munosib o‘rni bor. Xodimlarning kasbiy bilimlarini, tajribalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risida gapirib bersangiz? - Xodimlarimizning kasbiy mahoratini oshirish, jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishlari uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. O‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda, o‘quv va amaliy mash-g‘ulotlarda, ma’rifat va ma’naviyat darslarida bu masalaga alohida e’tibor berilyapti. Ayniqsa, ustoz-shogird an’anasi davom etmoqda. Soha faxriylari boy hayotiy tajribalarini yosh xodimlarga sinchkovlik bilan o‘rgatib borayotganligi xizmat samaradorligiga erishishda muhim omil bo‘lmoqda. Shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning sog‘lom va baquvvat bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida boshqarmamizning "Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati majmuasida xodimlarning shug‘ullanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Korrupsiya - iqtisodiyot va taraqqiyot kushandasidir. Bugungi kunda mamlakatimiz ichki ishlar organlari xodimlari orasida korrupsiya, ta’magirlik kabi jirkanch illatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlari o‘zining samarasini bermoqda. Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlardan birida rahbar lavozimida ishlovchi X.Qahramon o‘zi boshqarib kelayotgan bo‘limda ishlab kelayotgan hamshiradan kelgusida ham uning shu bo‘limda o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun 50 AQSH dollari berishini talab qiladi. Oq xalatiga qora dog‘ tushirgan ushbu shifokor endilikda bir emas, ikkita jinoyati uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi. Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi R. Hamid shu yilning 16 sentyabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan "Damas" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, yo‘l-harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun yo‘l-patrul xizmati inspektori tomonidan to‘xtatiladi va avtomashina vaqtinchalik "jarima maydoni"ga joylashtiriladi. Qoidabuzar haydovchi esa darhol yo‘l-patrul xizmati inspektoriga 100 ming so‘m pora taklif qilib, avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib olmoqchi bo‘ladi. O‘z kasbiga sodiq inspektor qoidabuzar haydovchining "taklifi" to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qiladi. Natijada yo‘l-patrul xizmati inspektoriga pora berishga uringan haydovchi jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi. Kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bunday fidoyi xodimlarimiz bilan faxrlanamiz. - Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalalariga e’tiborni kuchaytirish xizmat samaradorligini yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bu borada olib borilayotgan ishlarga to‘xtalsangiz? - Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruqlari asosida xodimlarning ma’naviyati, madaniyatini, siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shaxsiy tarkib bilan haftaning dushanba kunlari o‘tkazilayotgan "Ma’rifat va ma’naviyat dars"lariga turli sohalarning etakchi mutaxassislari taklif qilinib, belgilangan mavzuning qiziqarli, ma’lumotlarga boy tarzda o‘tishi ta’minlanmoqda. Shu bois, xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy masalalarni keng targ‘ib qilish, ularga ajdodlarimizning boy madaniy merosini, jasoratini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratayapmiz. Xodimlarning oilaviy sharoitini o‘rganish, oila a’zolari bilan turli madaniy, sport tadbirlarini o‘tkazish yaxshi samara bermoqda. Ularni ijtimoiy va huquqiy himoyalash, xizmatini munosib baholash, rag‘batlantirishga e’tibor berilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z xizmat faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan mingdan ortiq xodim munosib taqdirlandi. Shuningdek, tibbiyot bo‘limi tomonidan shifokorlar nazoratiga olingan 17 nafar ichki ishlar organlari xodimlari hamda 21 nafar faxriylarimiz respublikamiz hududidagi sihatgohlarda davolanib qaytishdi. Shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit shakllanayotgani ular erishayotgan muvaffaqiyatlarda aks etmoqda. Bugun ichki ishlar organlari xodimlari faqat sog‘lom va o‘z kasbini chuqur o‘zlashtiribgina qolmay, balki qonunlarni puxta bilishi, ularni fuqarolar ongiga sabr-matonat bilan singdirishi orqali yanada, izzat-hurmat topmoqda. Xalq hurmati va ishonchiga sazovor bo‘lmoq esa buyuk baxt. Xodimlarimiz ana shunday yurt osoyishtaligini ta’minlashdek vazifalarni sharaf bilan uddalashda sidqidildan xizmat qilaverishadi. Fursatdan foydalanib, barcha ichki ishlar organlari xodimlarini, faxriylarimizni hamda xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini kasb bayrami bilan samimiy qutlayman. Doimo xalqimizning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lib yurishdek yuksak baxt Siz azizlarga nasib etsin! - Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.
Suhbatni Xudoybergan JABBOROV yozib oldi