Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DUNYO POLVONLARI XORAZMDA
30.06.2018

Sharq olamida azal-azaldan eng yaxshi kunlar, to‘yu bayramlar, xalq sayllarini polvonlar kurashisiz tasavvur qila olmaymiz! Ayniqsa, o‘zbek kurashi bizning milliy boyligimiz, avlodlar qalbida yuksak ma’naviyatni, mardlik va jasoratni tarkib toptirish vositalaridan biri, bebaho qadriyatlarimizdan sanaladi. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bu sport turini jahonga tanitish borasida Istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlar, yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilgan katta e’tibor va g‘amxo‘rliklar natijasida bugun o‘zbek kurashi dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ilk bora o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan I Xalqaro turnirida dunyoning 14 ta mamlakatidan eng kuchli sportchilar – 114 nafar polvonlar vohamizga tashrif buyurgan. Kuni kecha viloyatimizda ana shu turnir tantanalari yuksak, ko‘tarinki ruhda, puxta tayyorgarlik va tashkilotchilik bilan boshlandi. Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan I Xalqaro turnirini ochiq deb e’lon qildi. Barcha ishtirokchilarni ushbu nufuzli sport musaboqasi bilan voha ahli nomidan qizg‘in qutlab, milliy iftihorimiz bo‘lgan kurash sportini yanada keng yoyish, bu borada xalqaro maydonda yig‘ilgan ilg‘or tajriba va mahoratni namoyish etish va rag‘batlantirish, kurashning boy usullari va merosini yoshlar ongiga singdirish, shu orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, sportga bo‘lgan qiziqish va mehrni yanada oshirishga qaratilgan turnir, o‘z mavqei va nufuzi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini fahr bilan qayd etdi va turnir ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi. Xalqaro turnirning ochilishiga bag‘ishlangan konsert dasturi boshlandi. Butun jahon sport o‘yinlari tarkibiga o‘z milliy sport turlarini taqdim etgan davlatlar barmoq bilan sanarli bo‘lgan bir sharoitda Yer kurrasining beshta qit’asida joylashgan 125 ta davlatda Kurash Federatsiyalarining faoliyat ko‘rsatayotgani, kurashimizning “Osiyo o‘yinlari” tarkibiga kiritilgani, o‘zbek tilidagi “Kurash”, “Xalol”, “Chala”, “Yonbosh” kabi so‘zlarning xalqaro sport musobaqalari terminlari qatoridan o‘rin olgani o‘zbek kurashining jahonaro nufuzidan dalolatdir. O‘ndan ortiq davlatdan kelgan sportchilarni xalqaro turnir bir joyga jamladi. -Turnir xalqlar o‘rtasida tinchlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilayotgani bilan nufuzli xisoblanmoqda, - deydi Germaniyadan tashrif buyurgan ishtirokchi Nika Mulatze. -Ushbu nufuzli sport musobaqasi barcha xalqlarni do‘stlikka, hamjihatlikka da’vat etmoqda, - deydi Janubiy Koreyalik sportchi Chia-Ven Dzou.-Turnir mamlakatingizda sportga qaratilayotgan alohida e’tiborning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan yuksak namunasidir. Xozirda 21 yoshdaman. Sport bilan 8 yoshligimda shug‘ullanib boshlaganman. Ushbu turnirda 52 kg vazndagi raqiblarim bilan musobaqaga chiqaman. O‘ylanmanki bu musobaqa sportchilarni yanada birlashtiradi. Turnir ishtirokchilari va mehmonlar Xorazmning noyob tarixiy obidalarini ziyorat qilish, ona diyorimizda yetishtirilgan turli noz - ne’matlar bilan to‘la bozorlarimizni ko‘rish, istiqlol yillarida xalqimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan ulkan yutuq va marralar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Xorazmga tashrif buyurgan mehmonlar qadimiy Xivaga ham tashrif buyurishdi, uning go‘zalligiga hayrat bilan boqishdi. Turnir doirasida musobaqalar davom etmoqda.