Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DUNYO ILM-FANI RIVOJINING YANGI DAVRIGA SOLINGAN ASOS
21.09.2017

 

DUNYO ILM-FANI RIVOJINING YANGI DAVRIGA SOLINGAN ASOS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitidagi nutqi o‘zbekistonliklarni befarq qoldirmadi desam, hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammitining mavzusi, ya’ni"Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish”degan g‘oya bugun har qachongidan ham dolzarbdir. Chunki bugungi dunyoning rivojlanishini fan va texnologiyalar rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, fan va texnologiyalar rivojiga esa yangi innovatsion g‘oyalarsiz, ishlanmalarsiz erishib bo‘lmaydi. Bularning yig‘indisi esa o‘z navbatida islom olamining modernizatsiyasiga xizmat qiladi.

Bugun biz Islom olami jahon fani va tsivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan asosli ravishda faxrlanamiz.Chunki,ulug‘ vatandoshlarimiz – algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilganIbn Sino, davlat arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘beksingari mutafakkir zotlarning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan xissalari beqiyosdir.

Yaqinda evropa telekanallarida buyuk vatandoshimiz Al-Xorazmiyga bag‘ishlab berilgan ko‘rsatuvni ko‘rib juda faxrlandim. Chunki bugun iltimosing bilan seni maqtamaydigan, kerak bo‘lsa faqat kamchiligini izlaydigan chet ellik jurnalist Al-Xorazmiyning o‘sha davrdagi tadqiqotlari bugungi kundagi zamonaviy ilm-fanning rivojiga katta hissa qo‘shayotganligini e’tirof etdi.

Muhtaram Yurtboshimiz sammitda musulmon mamlakatlarida mavjud muammolarni qayd etibgina qolmay, uning echimi bo‘yicha ham o‘zining aniq takliflarini bildirdilar. Jumladan, ayni vaqtda ko‘plab musulmon mamlakatlari ilm-fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotgani haqida to‘xtalib, a’zo davlatlarning faqatgina 11 taoliy ta’lim muassasasi jahonning 500 taeng yaxshi universiteti reytingidan o‘rin olganini qayd etdi.

Shuningdek, aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bo‘lsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik ko‘rsata olmayotganligiga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan fundamental fan sohalarini rivojlantirish, davrning dolzarb muammolariga ilmiy echimlar topishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish islom olamining ilmiy-texnologik salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratishiga alohida urg‘u berib o‘tdilar.Buning uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan amaliy ishlar to‘g‘risida ham O‘zbekistonning takliflarini bayon etdilar.

Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasininga’zo davlatlari hududida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan oltita Yuqori samarali kompyuter markazidan biriniO‘zbekistonda joylashtirish taklifi bilan chiqdilar. Bunday zamonaviy yuqori texnologiyali kompyuter markazining mamlakatimizda joylashtirilishi yosh olimlarimizga xorijlik mutaxassislar bilan bilim va tajriba almashish, ular bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish imkonini kengaytiradi, o‘zbekistonlik yosh olimlarga ilm-fanning rivojlanishida yangidan-yangi qirralarni ochib beradi.

PrezidentimizningDoimiy qo‘mita homiyligida O‘zbekistonda Al-Xorazmiy xotirasiga bag‘ishlab, yosh matematiklar o‘rtasida Xalqaro olimpiadani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi bir xorazmlik sifatida meni juda ruxlantirdi. Ushbu yosh matematiklarning Xalqaro olimpiadasini Al-Xorazmiy yurti – O‘zbekistonning gavhari bo‘lmish qadimiy va hamisha navqiron Xivada tashkil etilishi yoshlarimiz o‘rtasida matematika faniga qiziqishini orttirishi bilan birga, Xorazmning turistik salohiyatini rivojlanishiga ham ulkan hissa qo‘shgan bo‘lardi.

Raimbergan SABUROV,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi

O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari.