Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Do‘stlik rishtalari mustahkamlanmoqda
16.05.2018

Urganch shahrida Koraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati yoshlari ishtirokida koreys tili va madaniyati mintaqaviy festivali o‘tkazildi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va koreys milliy madaniy markazi xamkorligida mil¬liy madaniyat, til, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir bu yil o‘ninchi bor o‘tkazilmoqda.

         - O‘zbekistonda boshqa millat vakillari bilan bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab kelayapmiz, - deydi Xivadagi “Bolalar shaharchasi” direktori, O‘zbekistan Qahramoni Vera Pak. - Bugungi kunda Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan 4400 nafarga yaqin koreys millati vakillari ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda. Mazkur mintaqaviy festival Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi koreys tilini o‘rganayotgan yoshlarga o‘z imkoniyat va salohiyatlarini to‘liq namoyish etish imkonini beradi. Bunday tadbirlar o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festival yakunida faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Odilbek ODAMBOEV, “Xalq so‘zi” muxbiri.


“Xalq so‘zi” 2018 yil 16 may, №99 (7057)