Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



DO‘STLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA
15.08.2018

O‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik azaldan davom etib kelayotir. Qardoshlik aloqalari, tarixiy ildizlarning umumiyligi ikki mamlakat – O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash garovi bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 6-7 mart kunlari Turkmaniston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda 2018 yil 6 mart kuni tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejasining “Yo‘l xaritasi” tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 avgust kuni Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov rahbarligidagi delegatsiyasining Turkmaniston Respublikasi Toshhouz viloyatiga safari tashkil etildi. Yurtoshlarimizni Toshhouz viloyatida kutib olishdi. Shundan keyin Toshhouz viloyati xokimligida delegatsiya a’zolari, ikki taraf tashkilot va boshqarmalarning rahbarligida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdilar. Ular ikki mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning xozirgi ahvoli va uni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini, Xorazm va Toshhouz viloyatlari ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, turizm sohasini rivojlantirish hamda ikki viloyat o‘rtasida turistlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek madaniyatimiz va san’atimizni keng targ‘ib qilish orqali madaniyat sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilishdi. Xorazm viloyatidan bir guruh tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan sanoat korxonalari, hunarmandlar, turistik firmalar rahbarlari Toshhouz viloyatida tashkil etilgan I Hududlararo forumda qatnashishdi. Tashrif dasturiga muvofiq ikki viloyat iqtisodiy salohiyatini namoyish etish maqsadida ko‘rgazmali yarmarka tashkil etildi. Unda hududlarning sanoat va turistik salohiyatini namoyish qilish uchun alohida joy ajratildi. 20 ta tadbirkorlik sub’ektlari (15 ta sanoat, 3 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari va 2 ta turistik firmalar) tomonidan 100 turdan ortiq mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yildi. SHu joyning o‘zida viloyatning sanoat va turistik salohiyatini ko‘rsatib beruvchi video materiallar yarmarka ishtirokchilariga etkazildi. Korxonalarimiz tomonidan avtomobillar uchun kichik detallar, akkumulyator uchun monobloklar, polietilen quvurlar, sendvich panellar, shisha idishlari, tikuvchilik va boshqa turdagi engil sanoat mahsulotlari, poyabzal mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari (LED lampalar, ko‘cha yoritkichlari), kolbasa va sut mahsulotlari, 10 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qayta ishlangan qovun va tarvuz mahsulotlari, quritilgan meva mahsulotlari bilan ishtirok qilishdi. SHundan so‘ng, ikki viloyat o‘rtasida I Hududlararo forum o‘z ishini boshladi. Forum ikki viloyat hokimlari tomonidan ochib berildi. Unda hududlarning iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B uchrashuv tashkil etildi. O‘tkazilgan muzokaralar davomida tadbirkorlar tomonidan bir qator kelishuvlarga erishildi hamda shartnomalar imzolandi. Xususan, sanoat korxonalari o‘rtasida Xorazm viloyatining “Urganch Master Servis” xususiy korxonasi tomonidan etiketka mahsulotlari etkazib berish bo‘yicha “Altin Damja” ichimlik suvi ishlab chiqarish korxonasi bilan 30 ming dollarlik, bundan tashqari “Joy Qur” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 900,0 ming dollarlik lok-bo‘yoq mahsulotlari etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Shuningdek, Toshhouz viloyatini “Nilufar-Soliha” xususiy korxonasi tomonidan “Axalsыyaxat” davlat sayyohlik korxonasi hamda “Seyrana” mehmonxonasi bilan, shuningdek “Xorazm ko‘xi nur” MCHJ va “Ulli hovli” turistik firmasi tomonidan “Dashoguzsyyahat” davlat sayyohlik korxonasi bilan turist almashish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Bundan tashqari, viloyatlar turistik tashkilotlari tomonidan hamkorlikda Kaspiy dengizidan Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarni qamrab oluvchi turistik marshrut ishlab chiqish rejalashtirildi. Mazkur shartnomalar natijasida viloyatimizga joriy yil yakuniga qadar 10 minga yaqin turistlar kelishi kutilmoqda. (Ma’lumot uchun: joriy yilning yanvar-iyul oylarida Turkmanistondan tashrif buyurganlar soni 5650 nafarni tashkil etadi). Delegatsiya tashrifi so‘ngida ikki hudud madaniyat sohasi vakillari ishtirokida Toshhouz viloyati musiqali drama teatrida madaniy tadbir tashkil etildi. Bunda viloyatlarning boy madaniy an’analari va do‘stlik aloqalarini tarannum etuvchi konsert dasturi namoyish qilindi. Shu bilan Xorazm viloyat delegatsisining Turkmaniston Respublikasi Toshhouz viloyatiga safari yakunlandi. Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida erishilgan kelishuvlar amaliy tartibda davom ettirilishi hamda hududlararo munosabatlar yanada rivojlantirilishiga kelishildi. Ushbu tashrif bir-biriga yaqin qo‘shni bo‘lgan do‘st xalqlarning o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shonazar KARRIEV Urganch -Toshhouz-Urganch.