Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DO‘STLIGIMIZ MUSTAHKAM VA ABADIY...
21.04.2018

Mamlakatimizda turli millat vakillpari ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda samarali mehnat qilib, do‘st-ahillikda istiqomat qilib kelishmoqda. Turkman millati vakillari ham yaratuvchilik, bunyodkorlik kabi ezgu ishlarda faol qatnashib, quvonarli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.

O‘zbek va turkman xalqlari azaldan bir-birlari bilan axillikda istiqomat qilib, do‘stlikni ulug‘lab kelmoqdalar. Bu esa bir daryodan suv ichgan, tarixiy ildizlari bir-biriga mahkam tutashib ketgan ikki mamlakat - O‘zbekistan va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan yilning 6 va 7 mart kunlari O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi. Tashrif asnosida savdo, iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi xamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator xujjatlar imzolangan edi. Ana shu tarixiy bitimlar asosida amaliy ishlar davom et¬mokda. Jumladan, Xorazm viloyati delegatsiyasi Turkmanistonning Dashoguz viloyatida bo‘lishdi. Shuningdek, Dashoguz viloyati vakillarining ham Xorazmga tashrifi ikki xalq o‘rtasida davom etayotgan do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir. Bu dustona munosabatlar o‘zaro xamkorlikda turizmni, madaniy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash kabi qator yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topayotir.

Viloyatimizda bunyodkorlik, yaratuvchilik, obodonlashtirish ishlari tobora avj olmoqda. Qishloqlarimiz, shaharlarimiz kun sayin chiroy ochmoqda. Jumladan, Ur¬ganch tumanidagi “Turkmanlik” mahallasi bugun o‘zgacha qiyofa kasb etib borayapti. Barcha qulayliklarga ega guzar, gulzorlar, xiyobonlar mahalla xusniga xusn qo‘shib turibdi.

Urganch tumanidagi 29-son maktabda yoshlarga turkman tilida saboq berilmoqda. Maktabdagi hamma xonalar keng va yorug‘ hamda fanlar bo‘yicha barcha o‘quv vositalari bilan to‘la jihozlangan. Ushbu dargoxdagi kutubxonada turkman tilidagi adabiyotlar ham mavjud.

O‘quvchilar a’lo o‘qishlari bilan birga jamoat ishlarida ham faol ishtirok etmoqdalar.

Viloyatimizda o‘tkazilayotgan Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda turkman tilida kuy-qo‘shiqlar ijro etilmoqda, raqslar dillarni xushnud qilmoqda.

Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorlik-majmuasida “O‘zbekiston va Turkmaniston - istiqlol yillarida” nomli ko‘rgazma tashkil qilinib, unda ikki xalqning mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari ifoda etilgan. Bu erda “Ustoz-shogird” maktabi asosida to‘quvchilik, tikuvchilik, naqqoshlik, zargarlik, kashtaduzlik kabi o‘ndan ortiq to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yodgorlik-majmuasiga tashrif buyurayotgan sayyoxlar, mehmonlar bu erga qo‘yilgan rang-barang eksponatlar bilan yaqindan tanishmoqdalar. Xar ikkala xalqning bebaxo merosi, madaniyati, nodir xunarmandchiligi namunalari ularda chuqur taassurot qoldirmoqda.

Gullab-yashnayotgan diyorimizda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik yanada rivoj topib, ahillik, inoqlik tobora mustahkamlanmoqda!

Davlatnazar RAJABOV,

Xorazm viloyati O‘zbek-turkman jamiyati raisi.

“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

gazetalari №32 (19482) shanba