Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Dorixonalar tizimidagi islohotlar
21.09.2018

Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash profilaktika muassasalarini sifatli, samarasi yuqori va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dorixonalar tizimini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi "Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3532-sonli qarori soha rivoji yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi. Mazkur qarorda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy dorixonalar tizimini yaratish masalalari keng qamrab olingan. Ushbu hujjat farmatsevtika tarmog‘ini tubdan isloh qilish, aholi va tibbiyot muassasalarini arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan yili mamlakatimizga xorijdan 9 ming nomdagi 2 milliard dollardan ko‘proq dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilingan. Respublikamizda mazkur soha ishlab chiqaruvchilari tomonidan ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, joriy yilda 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. SHu bilan birgalikda farmatsevtika sanoatini jahon andozalariga mos ravishda taraqqiy ettirish uchun sarmoyalar jalb etishni faollashtirish, yalpi ichki mahsulotda soha ulushini oshirishga erishish ko‘zlangan. Viloyatimiz aholisiga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, aholi va davolash profilaktika muassasalarini yuqori sifatli, keng turdagi, arzon narxlardagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlar kesimida belgilangan "Yo‘l xaritasi"ga asosan "Xorazm Dori-Darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati tizimida 110 ta turg‘un ijtimoiy dorixonalar va viloyatning dorixona muassasasi bo‘lmagan chekka hududlarida xizmat ko‘rsatish uchun jami 11 ta "Ko‘chma dorixona" shoxobchalari tashkil qilinishi belgilangan edi. SHunga asosan "Xorazm Dori-Darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati tizimida mavjud faoliyat yuritayotgan dorixonalar bilan birgalikda, 54 ta yangi ijtimoiy dorixona shoxobchalari tashkil qilindi. Buning natijasida yangi ish o‘rni yaratilib, farmatsevtika mutaxassisligi bo‘lgan kasb-hunar kollejini bitirgan yosh yigit-qizlar ish bilan ta’minlandi. Tizimdagi barcha ijtimoiy dorixonalar mutaxassislari 36 soatlik - "Ijtimoiy dorixonalar ishini tashkillashtirish" mavzusi bo‘yicha Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevt xodimlarni malakasini oshirish va ixtisoslashtirish respublika markazi Urganch hududiy bo‘linmasi o‘quv kursida qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Ijtimoiy dorixona va shoxobchalari amaldagi sanitariya me’yorlari asosida sovutkich, vitrina, shkaf, stol-stullar va kerakli anjomlar, nazorat kassa mashinalari va terminallar bilan jihozlangan. Qishloq aholisining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida hamda ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish uchun qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari qoshida ijtimoiy dorixona shoxobchalari tashkil qilindi. CHekka hududlarda yashaydigan aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash borasida 11 ta "Ko‘chma dorixona" shoxobchalari faoliya-ti yo‘lga qo‘yilib, ular nazorat kassa mashinasi, terminallar bilan ta’minlandi. Endilikda mazkur shoxobchalar orqali 850-900 turdagi sifatli, arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar qishloq aholisiga etkazib berilmoqda. Ijtimoiy dorixonalar assortimentida arzon narxlardagi sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlarning doimiy mavjudligiga alohida e’tibor qaratilib, dori vositalarining ko‘p qismi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari (shu jumladan, dorivor o‘simliklar)dan iborat bo‘lishi ta’minlangan. Ijtimoiy dorixonalardagi fitobarlarda shifokorlar tavsiyalariga asosan dorivor giyohlardan fitoichimliklar tayyorlanib (qon ko‘paytiruvchi, tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va safro haydovchi damlamalar) aholiga qulayliklar yaratilmoqda. Bundan tashqari imtiyozga ega bo‘lgan 13 turdagi bemorlarga shifokor retseptlari asosida dori vositalari imtiyozli ravishda bepul berilmoqda. "Xorazm Dori-Darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati tizimida dorivor o‘simliklar xom ashyolari asosida dorivor o‘simliklarni birlamchi qayta ishlovchi va qadoqlovchi sex faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Dorivor o‘simliklardan 5 turdagi moychechak guli, dalachoy o‘ti, tog‘rayhon o‘ti, qalampir, yalpiz barglari, na’matak mevalaridan tayyorlangan mahsulotlar turli xil hajmdagi qog‘oz o‘ramlarda hamda filtr paketlarda qadoqlanib, ishlab chiqarilmoqda. Barcha chora-tadbirlar, birinchi navbatda, aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga, xalqimizning salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. El-yurt sog‘ligi yo‘lida fidoyi mehnat qilish kundalik faoliyatimiz mezonidir. Suhbat Rajabov, "Xorazm Dori-Darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.