Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANDI
04.12.2017

DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANDI

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari, davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-avgustdagi ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi hamda 15-noyabrdagi mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ommaviy axborot vositalari,noshirlar,matbaachilar,axborot–kutubxona muassasalari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi bilan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan. Tadbirda mazkur Qonunning maqsad hamda vazifalari, uning ayrim moddalarini qo‘llash, axborotlarni yoshga oid tasniflash, ekspertizadan o‘tkazish va boshqa jihatlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbati ishtirokchilari Prezidentimizning 2017-yil 11-avgustdagi "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, joriy yilning 13-sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Uchrashuv davomida sohaning etuk mutaxassislari ommaviy axborot vositalari va noshirlikdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish,kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning muhim masalalari,internet nashrlari faoliyati,dunyo voqealarini xolisona yoritishda jurnalistlarning roli va mas’uliyati haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri