Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


   Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, qonunchilik palatasi a’zolari, shahar va tuman hokimlari va boshqa idora va korxona rahbar va xodimlari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.
   Sessiyada viloyat hokimi P.R.Bobojonovning "2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.
   Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining oltinchi sessiyasiga xalq deputatlari viloyat Kengashiga     O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlik guruhi rahbari, "24-Bekobod” saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat   Kengashi deputati Saburov Raimbergan Sadullaevich raislik qildi.
   Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari   A.I.Ikramov va Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi.       Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 103-moddasi hamda   "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 251–moddasida viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari   Kengashining viloyat, tuman, shaharning o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida eshitilishi belgilanganligi ta’kidlandi. Mazkur qoidalar Oliy Majlis Senati Kengashining 2015 yil 22 iyundagi KQ-28-II-sonli qaroriga asosan qabul qilingan
   Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2015 yil 11 iyuldagi to‘rtinchi sessiyasining "Xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 4-25-sonli qarorida belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi ta’kidlaydiki, viloyat hokimining "2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti mazmun-mohiyati va dolzarbligi bilan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini hamda iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning hayotda o‘z ifodasini topayotganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda xalqaro miqyosda yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarga qaramasdan mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini o‘sish hajmi keyingi yillarda muttasil ravishda 8 foizdan yuqori bo‘layotganligi, Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan "O‘zbek modeli”ning, inqirozga qarshi puxta o‘ylangan tadbirlarning natijasi, yurtimizdagi tinchlik , osoyishtalik va barqarorlik, xalqimiz qilayotgan fidokorona mehnatlar mahsulidir.
   Jahon iqtisodiy Forumining reytingiga ko‘ra O‘zbekiston dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olganligini, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borilayotgan tizimli tadbirlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlar reytingida ham o‘z ijobiy ifodasini topayotganligi e’tiborga molikdir.
   2016 yil 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbari, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov, o‘z ma’ruzasida shunday ta’kidladi: "Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli Dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu Dastur mohiyat e’tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta’minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan”ligini yana bir bor ta’kidladi.
   Shu bilan birgalikda "jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o‘zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – ya’ni, 2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini” belgilab berdi.
   Viloyat hokimi P.R.Bobojonovning "2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti bo‘yicha sessiya qarori loyihasining asosiy qoidalari bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining "Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi majlisida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan saylangan deputatlar guruhlari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarda mazkur hisobotda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015 yil 16 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi maruzalarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida amalga oshirilganligi bildirilgan.
   Hisobotda ta’kidlanganidek, qonunchilik, normativ-huquqiy va amaliy jihatdan xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini izchil qisqartirish, korporativ boshqaruv tizimi tamoyillarini va unga yondashuvni tubdan o‘zgartirish, xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning qonuniy huquqlari kafolatlarini kuchaytirish va himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha viloyatda qator qarorlar qabul qilingan.
   Barcha tuman va shaharlarda "bir darcha" tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona markazlar tashkil etilgan hamda tadbirkorlik sub’ektlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishining mutlaqo yangi mexanizmi joriy etilgan. 2015 yilda iqtisodiy dasturining belgilangan asosiy ko‘rsatkichlari bajarilgan. Ta’kidlash joizki, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot 10,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 21,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 5,9 foizga, qurilish ishlari hajmi 13,2 foizga, chakana savdo aylanmasi 12,5 foizga, jami xizmatlar 13,4 foizga o‘sishiga erishilgan.
   2015 yilda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalariga jami 559 mlrd.so‘m miqdoridagi investitsiyalar jalb qilish hisobiga 1725 ta loyiha to‘liq amalga oshirilgan hamda 11,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan o‘tgan 3 yil davomida 308,5 mln. dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga 432 ta sanoat korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Natijada, sanoat sohasida 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,4 trln. so‘mga etkazilib, ushbu ko‘rsatkich 2012 yilga nisbatan 2,1 martaga oshgan.
   Bugungi kunda viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasiga 31,0 foizi, engil sanoat sohasiga 27,2 foizi, oziq-ovqat sanoati tarmog‘iga 17,7 foizi va boshqa tarmoqlarga 16,6 foizi to‘g‘ri keladi.
   Hududiy investitsiya dasturi doirasida jami 25 mln. dolar , shundan, 15,8 mln. dollar miqdoridagi mablag‘ to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiya shaklida jalb etilib, 14 ta loyiha ishga tushirilgan.
   Xususan, Shovot tumanidagi "Shovot tekstil" qo‘shma korxonasiga Janubiy Koreya va Shveytsariyadan 14,3 mln. dolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etildi va ip - kalava ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 6,1 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
   Hududiy eksport dasturiga asosan 2015 yilda jami 45,7 mln. dollarlik mahsulot chet ellik xaridorlarga etkazib berilib, 2014 yilga nisbatan o‘sish 3,3 barobarni tashkil etdi. Hisobot davrida 12 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi va ular tomonidan 2,2 mln. dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida 5 ta yangi savdo uylari tashkil etildi. 2015 yil davomida 862 ming dollarlik 3 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.
   Viloyatda 2015 yili qishloq xo‘jaligida ham ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Dehqon va fermierlarimiz 224 ming tonna g‘alla va 264 ming tonnadan ortiq paxta hosili etishtirdilar. Bu 2014 yilga nisbatan 500 tonna g‘alla va 6,6 ming tonna paxta hosili ko‘p olindi, deganidir.  
   Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining 1 ming 390 tasi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirilgan. O‘tgan yillarda 31,3 mlrd. so‘m hisobiga 1,6 ming km uzunlikdagi kollektorlarda meliorativ tadbirlar o‘tkazilib, 26,1 ming gektar erda er osti suvlari sathi pasayishiga va kuchli sho‘rlangan er maydonlarining 32,3 ming gektardan 31,9 ming gektargacha kamayishiga erishilgan.
   Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan jami 3 ming 820 tonnadan ortiq sig‘imga ega 14 ta zamonaviy sovutkichli omborxona va kameralar qurilgan.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-son qaroriga asosan viloyatda ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan 50 ta davlat aktivlari va ulushlaridan 36 tasi sotilib, 10 ta korxonalarning ulushlari hamda aktivlari savdoga chiqarilgan. Shuningdek, 30 ta davlat ob’ektlari 16,9 milliard so‘m investitsiya kiritish va 685 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan "nol” qiymatida berilgan.
   Bundan tashqari, buzishdan bo‘shagan 26 ta davlat ob’ektlari 970 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish va 25,6 mlrd.so‘mlik investitsiyalar kiritish sharti bilan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratib berilgan.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlarida yangi namunali boshkaruv strukturasini joriy etish bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqilib, viloyatdagi 30 ta aktsiyadorlik jamiyatlarining barchasida aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari o‘tkazildi va tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, jamiyatlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlangan.
   Bundan tashqari, ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari tarkibi 2015 yil 26 avgust kunida attestatsiyadan o‘tkazilib, 45 nafar rahbarlar attestatsiyadan o‘tib, shundan 16 nafari egallab turgan lavozimlariga loyiq deb topilgan. 2015 yilda viloyat iqtisodiyot tarmoqlariga jami 1,4 trln. so‘m miqdorida investitsiya mablag‘lari jalb qilingan. Ushbu mablag‘ning 42,8 foizi, ya’ni 600 mlrd. so‘mi ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 117 mlrd. so‘mni, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 5,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
   Hukumat kafolati ostida ajratilayotgan mablag‘lar va imtiyozli kreditlar hisobidan qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida uy – joylar qurishga o‘tgan yilda jami 146,0 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. 22 ta massivda 865 ta turar joy qurilib, egalariga topshirildi. Bu massivlarda 19 ta bozor infratuzilma ob’ektlari qurib ishga tushirilgan.
   O‘tgan 2015 yilda viloyatda tashqi muhandislik va infratuzilma ob’ektlari, jumladan, 89 km uzunlikdagi elektr tamoqlari, suv va tabiiy gaz ta’minoti borasida mos ravishda 115 km va 32 km tarmoqlar yangidan qurildi va rekonstruktsiya qilindi.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2137-son qaroriga muvofiq hududlarda pudrat tashkilotlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hisobiga viloyatda yildan-yilga pudrat ishlari hajmi o‘rtacha 13-15 foizga o‘smoqda. Mazkur qarorga muvofiq 2015 yilda 3 ta ixtisoslashtirilgan yirik korxonalarni tashkil qilinib, ushbu pudrat tashkilotlari qurilish Reestriga kiritilgan.
   Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish Dasturiga asosan viloyatda 2015 yilda 74 ta xalq ta’limi muassasalaridagi 236 ta, 24 ta sog‘liqni saqlash muassasalaridagi 37 ta isitish qozonlari energiya tejamkor qozonlarga almashtirilgan. Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stantsiyalarida 27 ta elektr dvigatellari almashtirildi.
   Shuningdek, 806,5 ming dona cho‘g‘lanma lampalar energiya tejamkor elektr yoritgichlarga almashtirilgan. 2015 yilda 3,1 mln. kVt.soat elektr energiya va 1,0 mln. metr kub tabiiy gaz tejashga erishilgan.
   2015 yilda viloyatda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 494 mlrd. so‘m yoki 2014 yilga nisbatan 118 mlrd. so‘m ko‘p kreditlar ajratilgan.
   Yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 34,2 foizdan bugun 74,1 foizgacha, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda esa 24,0 foizdan 35,3 foizgacha o‘sgan.
   Shu bilan birga viloyat aholisining tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari ulushi 2010 yildagi 55,4 foiz o‘rniga 2015 yilda 56,9 foizgacha o‘sgan. Aholi daromadlari ortishi natijasida ichki iste’mol talabi kengaymoqda. Aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y bergan. Xususan, viloyatda har 100 oilaning 41 tasi engil avtomobillar, 38 ta oila shaxsiy kompyuterlarlar mavjud. O‘sish sur’atlari mos ravishda besh yil avvalgidan 2,3 va 9,5 barobarni tashkil etgan.
   O‘tgan yilda tasdiqlangan dasturga asosan 747 ta xizmat ko‘rsatish shohobchalari tashkil qilinib, xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ming 155 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan 2015 yil yakunlarida aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,4 foizga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotdagi xizmatlar ulushi 40,0 foizni tashkil qilgan Yuqori texnologik xizmatlar qatorida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari eng jadal rivojlanishi hisobiga, bunday xizmatlar oxirgi besh yilda 2 baravarga, hisobot yilida esa 10%ga o‘sdi. Jumladan, 2015 yil boshiga internet tarmog‘idan va "Ziyonet” informatsion resurslaridan foydalanuvchi abonentlar soni 396 mingdan ortiqni tashkil etgan.
   2015 yilda viloyatda 60,6 mingta ish o‘rni tashkil etilib, shundan 87,0 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda akademik litsey kasb-hunar kollejlari, va oliy ta’lim muassasalarining 24,7 mingdan ortiq bitiruvchisi ishga joylashtirilgan. Kollej bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun 2015 yilda tijorat banklari tomonidan 15,6 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. (Bu oldingi yilga nisbatan 3,5 mlrd. so‘m ko‘pdir) "Keksalarni e’zozlash yili” dasturi doirasida 189 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ sarflanib, reja 103,3% ga bajarilgan. 2015 yilda 527 nafar keksalarimizning uylari joriy va kapital ta’mirlangan. Shuningdek, 1984 nafariga keksalar uchun sihatgoh yo‘llanmalari berildi, 164 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
   Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan 2016 yil uchun belgilab berilgan iqtisodiy dasturining quyidagi 7 ta eng muhim ustuvor vazifalarini izchil amalga oshirish choralari ko‘riladi.
   Birinchidan, boshlangan mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, eng avvalo sanoat va qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni so‘zsiz davom ettirish, hususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash masallariga alohida etibor beriladi. Joriy yilda yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘sish sur’atini 8,4 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 12 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmini 8,5 foizga, chakana savdo aylanmasini 12,5 foizga, pullik xizmatlar hajmini esa 14,0 foizga o‘sishi ta’minlanadi. Ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda 2016 yil manzilli Investitsiya dasturi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi va boshqa muhim dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi o‘ta muxim o‘rin tutadi.
   Ikkinchidan. 2015-2019 yillarda muxandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha boshlangan ishlar joriy yilda ham jadal sur’atlar bilan davom ettiriladi. Jumladan, jami 145,5 km elektr tarmoqlari, 58 km ichimlik suvi tarmoqlari, 41 km avtomobil yo‘llari quriladi va rekonstruktsiya qilinadi.
   Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish choralari ko‘riladi. Mazkur tarmoqda xo‘jalik yuritishning fermerlik tizimiga o‘tilishi munosabati bilan fermerlar uchun ijara mulki huquqi asosida ajratilgan er maydonlaridan to‘g‘ri foydalanish va belgilangan tartibda ish tashkil qilinishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Joriy yilda viloyat bo‘yicha 2 ming 700 tonna pilla, 85 ming tonna g‘alla va 254 ming 400 tonna paxta xom-ashyosi davlatga sotiladi, shuningdek, 582 ming tonna sabzavot, 119 ming tonna kartoshka, 142 ming tonna poliz mahsulotlari, 40 ming tonna uzum va 182 ming tonna meva etishtiriladi. Chorvachilik yo‘nalishida 28,5 mlrd. so‘mlik 121 ta, parrandachilik yo‘nalishida 6 mlrd. so‘mlik 31 ta loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 2015 yilga nisbatan go‘sht ishlab chiqarish 4,7 foizga, sut 3,8 foizga va tuxum 12,8 foizga o‘sishi ta’minlanadi.
   To‘rtinchidan, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirish maqsadida 2016 yilda viloyat mahalliy byudjetidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning qariyib 83 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga viloyat byudjeti xarajatlarining 59 foizi, sog‘liqni saqlash tizimiga 22,7 foizi yo‘naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida sarf-xarajatlar o‘tgan yilga qaraganda 12 foizga ko‘payadi.
   Beshinchidan, iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. 2016 yilda hududiy korxonalar tomonidan jami 55,2 million dollarlik, shu jumladan 16,9 million dollarlik 13,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish belgilangan. Joriy yilda eksport faoliyatiga 13 ta yangi korxona jalb qilinishi hamda 7 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlariga tashqi bozorlarni o‘rganish, tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
   Oltinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, "Elektron hukumat" tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish ustuvor ahamiyatga egadir. Bu borada 2016 yilda jami 93 km uzunlikda optik tolali aloqa liniyalarini qurish va viloyatda keng polasali tarmoqdan foydalanuvchilar soni 24 ming 500 nafarga etkazilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, viloyatda mobil aloqa operatori tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha 206 ta tayanch baza stantsiyalari o‘rnatiladi. "Elektron xukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mohiyati va unga asosan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar mavzusida viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishtirokida keng ko‘lamli manzilli dastur amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
   Ettinchidan, ”Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan viloyat dasturi doirasida jami 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larni jalb etish mo‘ljallanmoqda.
   Dasturni amalga oshirish barobarida olis qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholi, birinchi navbatda ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlarni yaratish borasida aholining, ayniqsa qishloq joylarda turmush sharoitini yanada yaxshilash masalalari e’tiborga olingan.  
   Doimiy komissiya tomonidan mazkur fikr-mulohazalar hamda to‘plangan materiallarga asosan viloyat hokimining hisoboti yuzasidan o‘z xulosasi va sessiya qarori asosiy qoidalarida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan Dasturlar ijrosiga alohida e’tibor qaratilganligi e’tirof etilgan.
   Hisobotda keltirilganidek, viloyatda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni ta’minlashga, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan har tomonlama puxta o‘ylangan Dasturning izchil amalga oshirilishi natijasida 2015 yilda mulkchilik shaklini tubdan o‘zgartirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlarni boshlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
   Qonunchilik, normativ-huquqiy va amaliy jihatdan xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini izchil qisqartirish, korporativ boshqaruv tizimi tamoyillarini va unga yondashuvni tubdan o‘zgartirish, xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning qonuniy huquqlari kafolatlarini kuchaytirish va himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qarorlar qabul qilingan. Viloyatning barcha tuman va shaharlarida "bir darcha" tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona markazlar tashkil etilgan hamda tadbirkorlik sub’ektlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishining mutlaqo yangi mexanizmi joriy etilgan. O‘tgan yilda 2015 yilning iqtisodiy dasturining asosiy vazifalari bajarilgan.
   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan 2016 yil iqtisodiy dasturga asosan istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi – ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik va texnik jihatdan yangilash, ichki zaxiralarni doimiy ravishda izlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashdan kelib chiqib, quyidagilar 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari etib belgilandi:
   1. Boshlangan tizimli demokratik islohotlarni va mamlakatni modernizatsiyalashni, iqtisodiyotda, eng avvalo sanoat va qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni so‘zsiz davom ettirish, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini izchil kamaytirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash;
   2. 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy tadbirlarini so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirish;
   3.Qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish;
   4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirish;
   5. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish;
   6. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, "Elektron hukumat" tizimi yaratilishini tubdan jadallashtirish;
   7. "Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturini amalga oshirish. Viloyatning 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan tomonidan belgilab berilgan ustuvor vapzifalarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash har bir rahbar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Mahalliy Kengashlar deputatlari o‘z saylov okruglarida mazkur qaror bajarilishini borishini muntazam ravishda nazorat-tahlil olib borishlari va yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha "deputatlik so‘rovi” institutidan samarali foydalanish zarur bo‘ladi.
   Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
Viloyat hokimligining Axborot xizmati