Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Deputatlar faoliyatidan
 

 Xorazm viloyati hokimi P. Bobojonovning "2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti haqida

Batafsil | 1.02.2016

 

   Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, qonunchilik palatasi a’zolari, shahar va tuman hokimlari va boshqa idora va korxona rahbar va xodimlari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.

   Sessiyada viloyat hokimi P.R.Bobojonovning "2015 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi  hisoboti eshitildi


Batafsil | 29.01.2016

 

O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi Qonunining 12-,16-va 44-moddalariga muvofiq hamda Xiva tumani hokimligining taqdimnomasini ko‘rib chiqib, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi


Batafsil | 07.01.2016

TURMUSH FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHNING MUHUM OMILI

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi natijasida joylarda deputatlar korpusining faolligi hamda rolini oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan "Mahalliy davlat xokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining reglamentlariga, doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarga, shuningdek, boshqa normativ-xuququiy xujjatlarga muvofiq, xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, ish o‘rinlari tashkil etish, kasb-xunar kollejlari hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, xalq farovonligini oshirish va boshqa masalalarda salmoqli ishlar qilinayapti.

Batafsil | 30.12.2015

EZGU MAQSADLARNI KO'ZLAB

Deputatlik katta ishonch. O‘tgan yil oxirida mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovda O‘zbekistan milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzodim ko‘rsatilib, ana shu ishonchga sazovor bo‘ldim. 4-"Paxtakor” saylov okrugidan Xiva tuman Kengashiga deputatlikka saylandim. Xalq deputatlari tuman Kengashining birinchi sessiyasida esa safdoshlarimiz menga yana bir ishonch bildirishib, tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi etib saylashdi. Katta ishonchning katta mas’uliyati ham bor. Belgilangan reja va dasturlar asosida tumanimizda iqtisodiy-ijtimoiy isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Batafsil | 14.11.2015

HAMKORLIKDAGI FAOLIYAT. TAJRIBALAR, VAZIFALAR

O‘zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi  Senatining Axborot xizmati tomonidan Xorazm viloyatida tashkil  etilgan seminar-trening "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlarining jamoatchilik xamda ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarini rivojlantirishning shakl va uslublari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Batafsil | 02.11.2015

SAYLOVCHILARNING MUROJAATLARI – E’TIBORDA

Deputat bo‘lish sharafli va shuning bilan birgalikda mas’uliyatli vazifa hamdir. Ishonch bilan deputatlikka saylangandan keyin, uni oqlash burchimizdir. Meni xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat qilib saylashgan Shovotqal’a, Xitoy qishloqlarida tez-tez bo‘laman, saylovchilar bilan uchrashaman. Ular mana shu qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholi, mehnat faxriylari, yoshlar, uy bekalari, turli kasb, turli yoshdagi insonlardir.
Batafsil | 21.10.2015
ASOSIY MEZON

Xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari yuksak mas’uliyatni har daqiqada his qilib ish uslubini shu kun talabiga monand holda tashkil etayotir. O‘zbekistan Respublikasining qonunlari, davlat dasturlarining bajarilishini nazorat-tahlil tartibda o‘rganish, qishloqlar obodligini ta’minlash, aholi xayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, buni doimiy komissiya yig‘ilishlarida atroflicha muhokama etish tegishli tavsiyalar ishlab chiqish kabi masalalar diqqat markazida bo‘lmoqda.

Batafsil | 21.10.2015