Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



DEPUTATLAR DOLZARB MASALALARNI MUHOKAMA QILDILAR
14.07.2018

Xalq deputatlari viloyat kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - 2018 yil 1 iyul kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo‘shab qolgan o‘ringa bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi raisi R.Matrasulovning axboroti tinglandi 2018 yil 1 iyul kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda 22-Xadra saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ermanov Farxod Urazboevich xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi. Sessiyada ushbu saylovda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati qilib saylangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanovning deputatlik vakolati hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi etib tasdiqlandi. Sessiya ishini viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi xalq deputatlari viloyat kengashining raisi F.Ermanov boshqarib bordi. Sessiyada viloyat prokurori J.Xatamovning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror asosida joylarda sektorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, viloyat prokuroriga biriktirilgan 2 sektor - Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlarida 133 ta mahalla bo‘lib, ulardagi 68 740 ta xonadonlarda 391900 nafar aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlaridagi 68740 ta xonadonning barchasi o‘rganib chiqildi. Buning natijasida aniqlangan 6035 ta muammolardan 2996 tasi hal etildi, 2690 tasi «Yo‘l xaritasi»ga kiritildi. Respublika darajasida hal qilinadigan 132 ta muammo yuzasidan tegishli tartibda takliflar kiritildi. Shu yilning o‘tgan davrida hududlardagi 805 ta gaz taqsimlash qurilmalari mutaxassislar tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. Tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan joylarga 1686 tonna suyultirilgan gaz, 19670 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazildi. 13 ta transformator va 12 km elektr uzatish liniyalari kapital ta’mirlandi. 218 ta transformator punktlarida aholi xonadonlariga elektr energiyasini teng taqsimlash ishlari bajarildi. Buning natijasida aholi xonadonlarining 12 679 tasining tabiiy gaz ta’minoti 3470 tasining elektr energiyasi yaxshilandi. Sektor hududidagi ichimlik suvi ta’minoti yaxshi bo‘lmagan aholi punktlariga maxsus suv tashish transportlari yordamida haftaning belgilangan kunlarida grafik asosida tozalangan ichimlik suvi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi. Shovot tumanidagi 11 - va 18-son maktabgacha ta’lim muassasalari, Gurlan tumanidagi 11-, 13- va 15-son maktabgacha ta’lim muassasalari, “Paxtachi” mahallasidagi 120 ta xonadon, “Ziyokor” mahallasidagi 25 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Yangibozor tumanidagi “Uyg‘ur”, “Boshqirshix” mahallalaridagi suv quvurlari to‘liq ta’mirlandi. Hududdagi har bir xonadon, ko‘cha va mahallani obod qilish maqsadida “Obod uy, Obod mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Gurlan tumanida 1,5 km, Shovot tumanida 5 km va Yangibozor tumanida 3 km ichki yo‘llar joriy ta’mirlandi. Shovot tumani “Eshonqal’a” mahallasining ta’mirtalab bo‘lgan 1,2 km yo‘liga to‘liq asfalt yotqizildi.Olib borilayotgan ishlar davomida 315 ta noqonuniy qurilmalar aniqlanib, 96 tasi ixtiyoriy buzdirildi, 148 tasi yuzasidan sudga da’vo arizalari kiritilgan. Shuningdek, “Obod qishloq” Dasturiga kiritilgan Yangibozor tumanidagi “Mang‘itlar” va “Ochaqal’a”, Shovot tumanidagi Maxtumquli va “Yangibo‘rloq” hamda Gurlan tumanidagi “Guliston” va “Eshimjiron” mahallarida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu mahalladagi 1.398 ta turar joyning fasad, 88 tasining tom qismida ta’mirlash ishlari yakunlangan. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 39 km. tarmoqlardan 10 km.ni qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari bajarildi. Hududlarda noqonuniy qurilmalar buzilib, xonadonlarning tomorqasida ekin ekilishi ta’minlandi. Ma’ruzachi o‘zi rahbarlik qilayotgan sektorda aholi turmush farovonligini oshirish kam ta’minlangan, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlarga to‘xtaldi. Ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarga uyma-uy kirilib, ularning yashash sharoitlari va muammolari o‘rganildi. Muammolarning aksariyat qismi joyida bartaraf etilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Belgilangan Nizomga asosan 306 ta oilaga bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 39.989 nafar pensioner va nafaqa oluvchilarning 6.399 nafariga, 4.805 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning 763 nafariga manzilli yordamlar ko‘rsatildi. Mahallalardagi aniqlangan haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berilgan amaliy yordam natijasida 46 ta oila ehtiyojmandlar ro‘yxatidan chiqarildi. Aholini bandligini ta’minlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida sektorga biriktirilgan hududlardagi 2056 nafarining bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan 46 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar kasanachik asosida ishga joylashtirildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish diqqat markazida bo‘lmoqda. Bugungi kunda bozor infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida bozorlarda savdo uchun 1.370 ta joylar ajratilgan va ularning 58 tasiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. O‘rganish davomida 26 nafar noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlanib, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlanib, faoliyati qonuniylashtirildi. Olib borilgan tadbirlar davomida 1.193 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 56,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, buning natijasida 608 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Sessiyada viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Matkarimovning viloyatda sanoatni rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari shuningdek, har bir loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan hisoboti tinglandi. Viloyatda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2018 yil 1-yarim yilligi yakuni bilan qariyb 2,5 trln.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 14,2 foiz o‘sishga erishildi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 mln.so‘mdan 1,4 mln.so‘mgacha oshgan. Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 1543,8 so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan15,5 foiz o‘sishga erishildi. Joriy yil 1 iyul holatiga 2281 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 98 tasi joriy yilning birinchi yarim yilligida yangidan tashkil qilindi. Mashinasozlik sanoatida 25 ta, yengil sanoatda 553 ta, qurilish materiallari sanoatida 375 ta, charm poyabzal-mahsulotlari sanoatida 18 ta, elektr-maishiy tovarlari sanoatida 5 ta, oziq-ovqat sanoatida 365 ta, tibbiyot (dori-darmon) sanoatida 11 ta va boshqa sohalar sanoatida 838 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Biroq sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator imtiyozlar va preferentsiyalar, zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan bo‘lishiga qaramasdan ayrim tumanlarda mavjud salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayapti. Gurlan va Qo‘shko‘pir, Xiva, Yangiariq, Urganch va Yangibozor tumanlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalari yetarli darajada amalga oshirilmayapti. Ma’ruzachi kelgusida meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash, yengil sanoat va mashinasozlik sohalarini rivojlantirish uchun rejalar belgilanganligini ta’kidladi. Dasturlar doirasida 63,7 mlrd. so‘mlik 13 ta loyihaning amalga oshirilishi hisobiga 4,3 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvatlari tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Biroq, dastur doirasida joriy yilda sanoat usulida go‘shtni qayta ishlash bo‘yicha loyiha takliflari mavjud emas. Bu bo‘yicha shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan iste’molini qondirish bo‘yicha yangi loyiha takliflar ishlab chiqib, amalga oshirish lozimligi qayd etildi. Viloyatda bugungi kunda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi jami 553 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar ip-kalava, gazlama, trikotaj mato, tikuv-trikotaj mahsulotlari, paypoq va boshqa turdagi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 4944-sonli farmoni talablari asosida viloyatdagi qishloq fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga muvofiqlashtirish hamda tugatilishi lozim bo‘lgan qishloq fuqarolar yig‘inlarini tugatish to‘g‘risidagi masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan viloyat hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlari tasdiqlandi.