Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Davlat xizmatlari: shaffof,tezkor va qulay
28.02.2018

Mamlakatimizda 2003 yildan buyon tadbirkorlik sub’ektlarini "Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish shahar, tuman hokimliklari huzuridagi maxsus inspektsiyalar tomonidan amalga oshirib kelingan, 2016 yildan ular negizida mazkur tamoyil asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari ish yuritgan bo‘lsa-da, soha faoliyati bugungi tezkor davr talablariga javob bera olmay qolgan edi. Shu bois 2017 yil 12 dekabrda Prezidentimizning "Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Ushbu tuzilma xalqimiz ishonchini qozongan va faoliyati samarasini amalda ko‘rsatgan Xalq qabulxonalari negizida yaratilgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Endilikda "yagona darcha” tamoyili nafaqat tadbirkorlik sub’ektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatishda amal qiladi.  2018 — 2020 yillarda joriy etilishiga qarab Davlat xizmatlari markazlarida "yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan 58 ta davlat xizmatining ro‘yxati tasdiqlangan. Xususan, uy-joylarning suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishga ruxsatnoma, turarjoy bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdan chiqarish hamda hisobga qo‘yish, turli arxiv ma’lumotnomalari, patentlar, guvohnomalar va rasmiy hujjatlar dublikatlarini olish kabi aholi talabi yuqori bo‘lgan xizmatlar shular jumlasidandir. Bu fuqarolar uchun byurokratiya hamda sansalorlik holatlarini bartaraf etish,ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish bilan bir qatorda, vaqtni tejash imkonini ham beradi.Qisqacha aytganda, endilikda "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili amalda mustahkam qaror topadi,davlat xizmatlari bir nuqtada, sifatli, tezkor ko‘rsatiladi.

Ayni paytda Davlat xizmatlari markazlarida aholiga innovatsion texnologiyalar va zamon talablariga mos ravishda 41 turdagi xizmat ko‘rsatilmoqda. Joriy yilning 1 aprelidan ular soni 50 taga etishi hamda davlat xizmatlari yuridik shaxslar bilan bir qatorda, jismoniy shaxslarga ham ko‘rsatilishi mo‘ljallangan.

Ta’kidlash kerak, joriy yilning yanvar oyida agentlikning  shahar va tumanlardagi markazlari tomonidan 2000 dan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Aholini markazlar faoliyati, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida viloyatning eng olis, chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar, tadbirkorlar bilan 50 dan ortiq uchrashuvlar tashkil qilinib, 15 mingga yaqin aholi qamrab olindi. Shu bilan birga, aholi gavjum hududlar, bozorlar, savdo majmualari, shuningdek, reklama ustunlariga davlat xizmatlari, ularning turlari hamda mexanizmi yoritilgan 57 ta bannerlar o‘rnatildi, mahallalarda 512 ta "Adliya burchagi” tashkil qilindi, 20 ming dan ortiq flaerlar  tarqatildi. Tumanlarda "Ochiq eshiklar kuni” va "Davlat xizmatlari yarmarkasi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan Davlat xizmatlari agentligining shahar va tuman markazlariga xizmat  avtomobillari ajratildi. Natijada viloyatning eng chekka hududlari aholisi ham mobil xizmatlar bilan to‘la qamrab olindi. Shuningdek davlat-xususiy sherikchilik asosida Davlat xizmatlari markazlarining zamonaviy binolari qurilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ko‘rinib turibdiki, bugun joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining kundalik muammolariga tezkorlik bilan echim topilmoqda. Bu yurtdoshlarimizga beqiyos qulayliklar yaratilgani, xalqimizga zamonaviy va innovatsion xizmat ko‘rsatishning istiqbolli tizimi ishga tushganidan dalolat beradi. Amaliyotga joriy qilingan ushbu yangilik "Xalq davlat idoralariga emas,davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”,degan ezgu g‘oyaning yana bir amaldagi ifodasidir.

                                     Nodir Jumaniyozov,

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 

                    Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i