Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI: TEZKOR, QULAY VA SHAFFOF
23.06.2018

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda boshqarma tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi yangiliklar hamda kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Tadbirda boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayev so‘zga chiqib, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi hayoti sifatini, investitsiya iqlimini, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va bu sohada yaratilayotgan zamonaviy qulayliklar xususida ma’lumot berib o‘tdi. Ayni kunda mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez, sifatli va keng turdagi davlat xizmatalarini ko‘rsatish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, agentlikning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 52 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq viloyatimizning Xonqa tuman Davlat xizmatlari markazida tajriba tariqasida aholining ehtiyojiga qarab, 70-100 tardagi xizmatlarni ko‘rsatish amaliyoti joriy etilgan. Ayni kunda mazkur markaz tomonidan fuqarolarga elektron imzo kalitlari sertifikatlarini bepul tarqatish xizmati o‘z samarasini bermoqda. Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlarida yuridik shaxslar bilan bir qatorda, jismoniy shaxslarga ham 30 dan ortiq yo‘nalishlardagi xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Ayniqsa, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalarning ushbu markaz tomonidan amalga oshirilishi aholida rozilik hissini uyg‘otmoqda bu esa o‘z navyuatida ortiqcha sarf-xarajatlarni, vaqtni tejashga imkon yaratmoqda. – Davlat xizmatlari markazlari aholiga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatishi bilan qisqa muddatda ularning ishonchini qozondi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i U.Abdullayev. – Jumladan, shu paytgacha aholiga hamda tadbirkorlik sub’ektlarida markazlar tomonidan 15 mingdan ortiq elektron raqamli imzo sertifikati berilishida, 13 yarim mingga yaqin bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirishda hamda 8 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Xizmat avtomashinalari orqali olis qishloqlardagi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan haolda ko‘rsatilayotgan mobil xizmatlari ham inektavtivligi ham ochiq va oshkoraligi bilan turli korrupsiyaviy harakatlarni oldini olishda hamda fuqarolarimizning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatimizning eng olis, chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar va ishbilarmonlar bilan ham uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazilmoqda. Mahallalar binosida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, hududlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar va ular tomonidan o‘tkaziladigan sayyor qabullar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan “Adliya burchaklari” stendlari tashkil etilib, joylarda “Adliya sayllar”i ham o‘tkazilmoqda. Shuningdek, viloyat va shahar markazlaridan olis hududlarda yashovchi aholiga zarur mobil davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlari markazlari “Damas” avtomobillari bilan ta’minlangan. Tadbirda “Obod qishloq” dasturi doirasida Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarida tashkil etilgan markazlarning imkoniyatlari, ular tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar hamda kelgusidagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. - Birgina Qo‘shko‘pir tumanining “Oqdarband” qishlog‘ida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida markazimiz tomonidan 1268 ta xonadonlarga kirilib, ularning yashash sharoitida mavjud muammolar yechimiga e’tibor qaratildi. Xususan, 12 nafar oilalar nigoh guvohnomasi, 5 nafar bolalar tug‘ilganlik guvohnomasi bilan ta’minlandi. 28 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlarida fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirishda yaqindan ko‘mak berildi, - deydi, Qo‘shko‘pir tumani davlat xizmatlari markazi direktori Rajabbibi Abdullayeva. Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berdilar.

Dilrabo KURYAZOVA