Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASIDA SAYYOR KITOB SAVDOSI
26.05.2018

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida “Urganch kitob markazi” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi hamkorligida yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan yangi kitoblar ko‘rgazmasi hamda sayyor kitob savdosi tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 3271-sonli qarori ijrosini ta’minlashga, soliq xizmati xodimlarining kitobga qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida mutolaa va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda soliq xizmati organlari kutubxonalarining faoliyatini takomillashtirishga qaratildi. 

– Kitob savdo yarmarkasida 300 dan ziyod nomdagi adabiy-badiiy kitoblar bilan ishtirok etdik, – deydi “Urganch kitob markazi” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi direktori Fazliddin Azimov. – Bunday tadbirlar aholi, ayniqsa, davlat tashkilot xodimlarining kitobga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Sayyor kitob savdosi yarmarkasida davlat soliq boshqarmaning barcha xodimlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va badiiy-publitsistik yo‘nalishdagi yangi kitoblarni oilasi, farzandlari uchun xarid qildilar. Tadbir doirasida boshqarma kutubxonasiga jamoa a’zolari tomonidan yangi kitoblar ham sovg‘a etildi.

– Kitobni o‘ziga do‘st tutgan inson hayotda qoqilmaydi, – deydi boshqarma bo‘lim boshlig‘i Jahonboy Rajabov. –Muntazam kitob o‘qiydigan inson bilimli, odob-ahloqli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topish bilan birga, uning faol a’zosiga ham aylanadi.

Tadbirning faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shahar soliq xizmati organlarida davom etmoqda. 


Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i