Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



DAVLAT DASTURLARI AMALDA
12.09.2015

Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi bilan Xorazm viloyati sanoati, sayyohlik sohasi, shaharsozligi va qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirishga qaratilgan qator qarorlari va ular asosida maxsus davlat dasturlari qabul qilinganidan keyin o‘tgan davr Xorazmning zamonaviy tarixida alohida sahifa, alohida bob, bo‘lib qolishi shubhasizdir. Chunki ushbu hayotiy hujjatlar ijrosiga qaratilgan sa’y – harakatlar bois viloyatimiz xalq xo‘jaligi, ijtimoiy sohalari, ma’rifiy va madaniy hayotida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Birgina sanoat sohasida  viloyatimizda keyingi ikki – uch yil ichida engil avtomobillar, gidravlik ekskavatorlar, yo‘l qurilishi texnika va mexanizmlari, engil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlari, yuqori kuchlanishli elektr apparatlari, sovutkichlar, turli sport inventarlari kabi 20 dan ortiq yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. “Xorazm viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida 300 ga yaqin loyiha amalga oshirildi. Jumladan “JM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining viloyat filiali ish boshladi. Bu erda  shu kunga qadar qirq mingdan ortiq  “Damas”, to‘rt  mingga yaqin  “Orlando” rusumli avtomobillar xaridorlarga etkazib berildi.
  “Urganch ekskavator” korxonasi bazasida xitoylik hamkorlar bilan gidravlik ekskavatorlar va yo‘l qurish texnikalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona ish boshlab 200dan ortiq zamonaviy ekskavator va yo‘l qurilishi buldozerlari ishlab chiqarildi.


Mustaqillik bayramining 24 yilligi arafasida Bog‘ot tumanida yana bir ishlab chiqarish korxonasi ishga tushganligi viloyat iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. “Xorazm teks” engil sanoat majmuasining birinchi bosqichi faoliyat boshlashi bilan tumanning Beshariq qishlog‘idagi 200ga yaqin yosh yigit – qizlar, asosan kasb – hunar kollejlarining bitkazuvchilari, ish bilan ta’minlandilar. 
Eng asosiysi korxona xorazmlik paxtakorlar etishtirgan paxta tolasidan chet ellarda xaridorgir bo‘lgan mahsulot - yuqori sifatli ip-kalavalar ishlab chiqarmoqda. U allaqachon xorijiy davlatlarga bir million AQSh dollarilik mahsulot eksport qilishga ulgurdi. 
Urganch shahrining Bosh rejasini amalga oshirish dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining natijasini har bir xorazmlik, viloyatimiz mehmonlari o‘zlari ko‘rib baholamoqdalar. Bir – biridan obod ko‘chalar, rekonstruktsiya qilinib butunlay yangi qiyofa kasb etgan Temir yo‘l vokzali va “Urganch” xalqaro aeroporti, yangidan bunyod etilgan Urganch shahridagi shohbekat, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti (TATU) Urganch filialining yangi binosi,  “Turizm va mehmonxona xizmati” kasb-xunar kolleji, Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi, yangi FXDYo binosi, ATB “Qishloq qurilish bank”ning Xorazm mintaqaviy filiali, Urganch shahrini ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi 4-5 qavatli 25 ta ko‘p qavatli turar joy binolari va yuzdan ortiq 2 qavatli kottedj tipidagi uylar foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, tumanlardagi zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari, o‘yingohlar kabi o‘nlab yangi ob’ektlar ham yuqoridagi Dasturlarning amaldagi natijalaridir.
Foydalanishga topshirilgan ob’ektlardan ichida “Yoshlik” massividagi sport majmuasi o‘zining alohida o‘rniga ega. 10 gektarni egallagan ushbu sport majmuasini bunyod etishga jami 73, faqat qurilish – montajishlariga 69,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Majmua nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda ham turkum inshootlar ichida o‘zining noyobligi bilan ajralib turadi. Kompleksda 24x42 metrlik 2 ta usti bostirilgan sport zali, 11x25 metr o‘lchamdagi yopiq suzish havzasi, ming tomoshabinga mo‘ljallangan tribuna bilan jihozlangan  futbol maydoni, basketbol, voleybol, mini futbol, gimnastika va trampalin, stol tennisi, boks va og‘ir atletika,  badminton maydonchalari, shaxmat va shashka bilan shug‘ullanish uchun alohida zallar mavjud. Majmuada bir vaqtning o‘zida 200 – 250 nafar yosh  sportning yigirmaga yaqin  turi bilan shug‘ullanishlari mumkin. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra kompleks Evropa standartlaridagi eng zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlandi. Ushbu majmuada qit’a va jahon miqyosidagi istagan musobaqani bemalol o‘tkazish imkoni yaratildi. Shovot kanalinining Urganch shahridan o‘tuvchi qismida katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Suv yo‘li o‘zanida doimiy akvatoriya hosil qilish maqsadida suv sathini 3 metr chuqurlikda bo‘lishini ta’minlovchi inshoot qurildi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida Urganch shahar va Shovot kanali atrofida er osti suvlari sathini 1-1,5 metrgacha pasayishiga erishildi. Shaharliklarning tomorqalari, ko‘cha va mahallalaridagi ekinlari, mevali va manzarali daraxtlari ko‘rgan ko‘zni quvontirmoqda. 
Prezidentimizning “Qishloq joylarida uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan  2009-2015 yillarda Xorazmda namunaviy loyiha asosida to‘rt ming ikki yuzdan ziyod  imoratlar tiklandi. Yangi posyolkalarga avtoyo‘l, tabiiy gaz va elektr,  ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Maishiy va servis xizmati shaxobchalari, bolalar va sport maydonchalari, mini bank va savdo nuqtalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 
Yaqin – yaqinlargacha faqat paxsa devorlar va xom g‘ishtdan imoratlar tiklangan qishloq joylarida davlat Dasturi asosida qurilayotgan puxta – pishiq imoratlar xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishi tayin. Eng asosiysi  bu uylarda yashayotgan kishilarning yashash sharoitlari yaxshilanib, turmush darajasi oshmoqda. 
Viloyatda turizm infratuzilmalarini, xususan, Urganch va Xiva shaharlarida ixcham mehmonxonalar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan inshootlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur asossida 200 dan ortiq loyiha ustida ish olib borilmoqda. Dasturda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 20 dan ortiq  yangi turdagi turistik xizmatlar tashkil qilindi, qator mehmonxonalar va turistik ob’ekt yangidan qurildi va rekonstruktsiya qilindi. 
Shu yilning birinchi yarmida umumiy qiymati 3,6 mln. AQSh dollariga teng 14 ta loyiha to‘liq bajarildi. Qolgan 21 ta loyiha ustida ishlar davom etayotir.
Natijada viloyatimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy turistlar soni oshmoqda. 2015 yilda ularning soni 2012 yilga nisbatan 1,7 barobarga, turistik xizmatlar hajmi 4,9 barobarga, turistik xizmatlar eksporti 3,8 barobarga  o‘sishi ko‘zda tutilgan. Bularning bari, shubhasiz, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning Xorazm xalqining ertanggi porloq kelajagini ta’minlashga qaratilgan doimiy e’tiborining natijasidir.
Yurtboshimizning “Navoiy-Konimex-Miskin” yo‘nalishida temir yo‘l qurilishi yuzasidan imzolagan Qarorlari bu g‘amxo‘rlikning navbatdagi namunasidir. 2016 yilda boshlanib, g‘oyat qisqa davr - bir yilda yakunlanib, 2017 yilda ishga tushadigan  ushbu temir yo‘l Toshkent -  Xorazm yoki Xorazm-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga chiqqan yo‘lovchini bor – yo‘g‘i olti soatda manziliga etkazib qo‘yadi. Temir yo‘l  vohaning iqtisodiy salohiyatini yanada oshiradi, xalq xo‘jaligi taraqqiyotini tezlashtiradi. U yurtdoshlarimizning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qiladi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerak-ki  oldinda yanada salmoqliroq  vazifalar turibdi. Bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshlangan islohotlarni davom ettirish, servis va xizmat sohasini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab – quvvatlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini turmushimizga yanada kengroq joriy qilish borasidagi ishlar shular jumlasidandir.
Viloyat hokimligi va tarkibiy bo‘limlari, uning boshqarmalari   boshlangan xayrli ishlarni, jumladan “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturini ham muvaffaqiyatli yakunlaydilar.

Shuhrat Matkarimov, 
viloyat hokimligining Axborot xizmati rahbari