Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



CHUQUR EHTIROM, E’ZOZ
14.04.2017

9-may – Xotira va qadrlash kuni

 

CHUQUR EHTIROM, E’ZOZ

Mamlakatimizda har yili 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.Mirziyoyevning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizda ushbu bayram munosabati bilan taraddud ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimligida viloyat hokimi P.Bobojonov boshqarib borgan yig‘ilishda bayramga tayyor­garlik ishlari shahar va tumanlarda, barcha joyda davom etayotganligi alohida qayd etildi. Ayni paytda mahalliy hokimliklar, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa bir qancha tashkilotlarning vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylarining xonadonida bo‘lib, ular bilan yaqindan suhbatlashmoqdalar, tegishli yordamlar ko‘rsatmoqdalar. Jumladan, yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar-joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga "GM Uzbekistan" aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan engil avtomashinalardan navbatsiz harid qilib olish to‘g‘risidagi Sertifikatlar topshirildi.

Ayni paytda viloyatimizda 85 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 2706 nafar front orti mehnat faxriylari istiqomat qilmoqda. Ularga chuqur ehtirom ko‘rsatilib, mardligi, jasorati, fidoyiliklari oldida ta’zim bajo keltirilmoqda.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 12-aprel №29