Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



CHIROY OCHAYOTGAN QISHLOQLAR
28.08.2017

CHIROY OCHAYOTGAN QISHLOQLAR

Prezidentimizning "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga acocan Yangiariq tumani hududida namunaviy loyihalar asosida ko‘rkam turar-joy binolari bunyod etilmoqda. Bu uy-joylar yashash uchun qulayligi, ya’ni hudud aholisining didiga mosligi bilan barchaga manzur bo‘lyapti. Ularning loyihasida zarur kommunikatsiya tarmoqlari ko‘zda tutilganligi xonadon egalari uchun qulayliklarni yaratmoqda.

O‘tgan yillar davomida tumanda namunaviy loyihalar asosida 15 ta massivda jami 362 ta uy-joy qurildi. Hozirda davlatimiz rahbarining "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joy­lar qurish dasturi to‘g‘risida"gi Qarori asosida tumandagi Gullanbog‘qishlog‘ining "Obod" Qo‘riqtom qishlog‘ining "Shirsholi" massivlarida 50 ta 2, 3, 4 xonali uy-joylar, shuningdek tuman markazining 2 ta hududidahamda Chiqirchi Qo‘riqtom va Gulobod qishloqlarida profilakti­ka inspektorlari uchun 5 ta zamonaviy uy-joy qurilishi ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.

Belgilanganqat’iy dastur asosida tumandagi 2-, 33-sonli maktablar binolari va 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, tibbiyot birlashmasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilyapti.

Asosiy ob’ektlar qurilishini mustaqillik bayramigacha tugallab, ularni foydalanishga topshirish uchun mehnat bahsi qizitilmoqda.

Hozirda tumanda eng ulug‘, eng aziz ayyom - mustaqilligimizning 26 yillik bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘.RAHIMOVA

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 23-avgust, №67.