Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Byudjet tashkilotlarining ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z vaqtida moliyalashtirilmoqda
07.02.2018

Xudut byudjet tashkilotlari xodimlarining yanvar oyi ish haqining 2-yarmi uchun 47,3 mlrd.so‘m va fevral oyi avans to‘lovlari uchun 22,3 mlrd.so‘m, jami 69,6 mlrd.so‘m byudjet tashkilotlarining taqdim qilgan so‘rovnomalariga asosan moliyalashtirish belgilangan edi.
Joriy yilning 6 fevral kuniga byudjet tashkilotlarining so‘rovnomalari asosida yanvar oyi ish haqining 2-yarmi uchun 47,3 mlrd.so‘m to‘liq moliyalashtirildi. 
Jumladan, ta’lim muassasalari xodimlariga 28,9 mlrd.so‘m, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlariga 13,6 mlrd.so‘m ish haqi to‘liq berildi. 
Bundan tashqari, joriy yilning fevral oyida ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlar uchun jami 6445,0 mln.so‘m, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa uchun 1161,0 mln.so‘m, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi uchun 4594,0 mln.so‘m va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam sifatida 690,0 mln.so‘m viloyatdagi "Xalq banki” tizimi orqali aholiga etkazib berilmoqda.
Moliya bosh boshqarmasi mahalliy byudjetni shakllantirish 
va daromadlarni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i: 
U.Yoqubov