Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BUNYODKORLIK HAR LAHZADA NAMOYON
14.08.2018

Reportaj ... Qo‘shko‘pirning eng chekka hududida joylashgan Oqdarband qishlog‘iga yaqinlashar ekanmiz, serhosil bog‘lar, g‘o‘zalari yashnab turgan dalalar, hovlilar oldidagi gulzorlar, xiyobonlarga ko‘zimiz tushib, dilimiz yayradi. Bir-biridan ko‘rkam hovlilarni aytmaysizmi? Hammasidan ham yo‘llarning ravonligi, tekisligi... - "Obod mahalla"Davlat dasturiga kirganidan keyin mahallamiz mana shunday ko‘rkam manzara kasb etmoqda, - deydi "Oshoqqal’a" mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi SHonazar Nazarov. - Bundan hamma minnatdor, shod. Axir yodi-o‘yimizda yo‘q ishlar ro‘y bermoqda. Ba’zi fuqarolar ko‘chasi oldini tozalab, ohaklab qo‘yishga ham hafsala qilmasdilar. To‘g‘risi, ayrim fuqarolar hovlisini ta’mirlashga qurbi etmasligidan nolishardi. Endilikda bu kabi ishlar davlatimiz e’tibori bilan mablag‘ ajratilgani holda tez va sifatli bajarilmoqda. Mustaqillik bayramigacha mahallamiz hududi yanada obod, ko‘rkam bo‘ladi. Dastur doirasida bajarilgan ishlar ko‘lami bilan tanishdik. 6,2 kilometr ichimlik suvi tortilibdi. Yo‘llar ta’mirlanib, 9,5 kilometr yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi tashlanib, asfalt qilinishi arafasida. 25 kilometr elektr tarmoqlari to‘la ta’mirlanibdi. Ko‘chalarga yoritish tarmoqlari yangidan zamonaviy ko‘rinishda tiklanganligi huddi shaharlarniki kabi manzarani eslatadi. Ko‘chalarning har ikkala chetidagi suv yo‘llariga lotoklar o‘rnatilibdi. Isitish tizimlari yangidan qurilibdi. Hozirgacha 549 uy-joy ta’mirlanib, buning uchun olti ming shifer, olti yuz tonna sement, umumiy qiymati 97 million so‘mlik "Akfa" eshik- romlar, Qoratov tosh massividan, YAngilik qishlog‘idan zarur miqdordagi qum-shag‘al materiallari tashib kelinishi uchun o‘n tonna dizel yoqilg‘isi sarflanibdi. - Bu ishlarning o‘zi bo‘ladimi? - deydi to‘qson yoshdan oshgan Jabbor bobo Olloquliev.- Bularning hammasi mustaqillik sharofatidan, Prezidentimiz tomonidan xalqi-mizga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor, g‘amxo‘rlikdan. Ilohim yutuqlar yanada ko‘payaversin. Mahallada o‘z mablag‘i hisobidan xayrli ishlarni amalga oshirayotgan himmatli insonlar sa’y- harakatlaridan qu-vondik. Farrux Ro‘zakov tarkibida oshxona, choyxona, do‘kon, bolalar dam olish maydoncha-sidan iborat majmua bunyod etmoqda. Azimboy Ollayorov markaziy shaharlarnikidan qolishmaydigan kechasi-yu kunduzi xizmat qiladigan supermarket qurilishiga bosh-qosh. Dilshod Rahmatullaev novvoy-xona, Gulbahor Yo‘ldosheva mahalla guzari bunyod etilishida tashabbus ko‘rsatayotir. Shu bilan birga sun’iy o‘tloq (gazon) bilan qoplangan bolalar sport maydonchasi tashkil qilibdi. Ne’mat Jumaniyozov sog‘lik uchun juda zarur va muhim bo‘lgan hammom qurilishini tezlatyapti. Mansur Ernafasov "Mahalladoshlarim uzoqqa borib mahtal bo‘lmasinlar" deb, dorixonani ishga tushiribdi. Nuquljon YOvbosarova bayram kuni o‘z tashabbusi bilan xususiy uy bog‘chasini foydalanishga topshirmoqchi... - Mahallamizda 934 xonadonda besh mingga yaqin aholi yashaydi. Zamonaviy uslubda 40 ta arzon narxdagi yangi turar joylar barpo etilmoqda. Ularning kalitini Mustaqillik bayrami kuni egalariga topshiramiz, - deydi oqsoqol SHonazar Nazarov. - Shu kuni o‘z jamoam bilan borib, hovli to‘ylarida bel bog‘lab xizmatda bo‘laman, - deydi taniqli baxshi, xonanda Karimboy Otamurodov. "Obod mahalla" dasturi asosida Oqdarband qishlog‘idagi "Ittifoq", Xayrobod qishlog‘i "Xayrobod" mahallasidagi ibratli ishlar bilan ham tanishdik. Bu haqda keyingi maqolalarimizda hikoya qilamiz. Abdulla SAFOEV.