Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BUNYODKORLIK, BAG‘RIKENGLIK, HAMJIHATLIK HAR BIR KUNIMIZDA NAMOYON BO‘LMOQDA
15.05.2017

BUNYODKORLIK, BAG‘RIKENGLIK, HAMJIHATLIK HAR BIR KUNIMIZDA NAMOYON BO‘LMOQDA

Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimiz miqyosida asrlarga tatigulik ulkan bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Sal oldin o‘tgan yo‘lingiz yoki ko‘chani bugun taniy olmaysiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurganlarida vohamiz yaqin kelajakda yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi, qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilishini alohida ta’kidladilar. Joriy yilning o‘zida Hazorasp tumani hududida engil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, charmpoyabzal, qurilish materillar ishlab chiqarish bo‘yicha ellikdan oshiq loyihalar amalga oshiriladi. Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida maishiy chiqindilarni qayta ishlashga mo‘ljallangan korxona ishga tushiriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, sayyohlik, tadbirkorlik, tibbiyot sohalarida ham ko‘plab ezgu ishlar amalga oshiriladi. Xivaga temir yo‘l olib kelinishi esa xalqimizning asriy orzulari ushalayotganidan, vohamizning yanada gullab-yashnashidan dalolat.

Bu esa biz-faxriylar zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalar yuklaydi.

Biz davlatimiz rahbarining qaror va farmonlarini targ‘ib- tashviq qilish bilan birga ko‘plab xayrli, savob ishlarga bosh-qosh bo‘lyapmiz. Mahallalarda "Ibratli oila", "Tomorqadan unumli foydalanayotgan oila", "Kimning ko‘chasi pokiza?", "Gulsevar oila", "Kitobxon oila", "Sportsevar oila" kabi tanlovlarni tashkil qilishda va ularni mazmunli o‘tkazishda yordam ko‘rsatyapmiz. Shuningdek, dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, tomorqalardan oqilona foydalanish, oilaviy biznes va tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni qadrlab, qo‘shimcha daromad topib, oila iqtisodini mustahkamlashga oid Prezidentimiz ko‘rsatmalarini o‘z tajribalarimiz asosida keng tushuntirib boryapmiz.

Men ham baxtli oilaga bosh bo‘lganimdan behad faxrlanaman. O‘g‘il-qizlarim, kelinlarim, nevaralarim el-yurt ishiga kamarbasta bo‘layotganligi, eldoshlarimiz ishonchini oqlayotganliklari qalbimga quvonch, yuragimga g‘ypyp bag‘ishlaydi. Katta o‘g‘limiz Bahodir muhandis, Shuhratjon va Botirjon shifokor, Otabek madaniyat xodimi, qizim Dilafruz yoshlarga ingliz tili fanidan saboq beradi. Ma’mura tarbiyachi. Nevara-chevaralarim ham ularning munosib izdoshlari bo‘lish yo‘lida intilib- izlanyaptilar.

Tariximizni,hayotning yaxshi-yomon kunlarini o‘z taqdirlarida sinovdan o‘tkazgan faxriylarimiz bag‘rikenglik,hamjihatlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni targ‘ib qilishda bundan keyin ham faol bo‘laveradilar.

Bobojon YUSUPOV,

Xiva tumani Eski Qiyot qishlog‘i, mehnat faxriysi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi, 2017-yil, 9-may, № 37