Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BOZOR TALABIGA MOS MAHSULOT
23.11.2017

BOZOR TALABIGA MOS MAHSULOT

Xorazm viloyatida ham qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani tufayli tadbirkorlik sub’ektlari soni ko‘payib, ularning faoliyati kengayib bormoqda. Shovot tumanidagi Qangli qishlog‘ida ish boshlagan kichik yuk avtomobillari uchun kuzov refrejeratorlari (sovutkichlar) va tentlar (yukxona usti yopqichlari) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "SV SHAVAT GOLD VAN” mas’uliyati cheklangan jamiyati berilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan holda bugunga kelib to‘la quvvat bilan ishlay boshladi.

Xorijiy texnologiyalar o‘rnatilgan, yiliga import o‘rnini bosadigan 500 dona refrejeratorlar va 1000 dona tentlar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu korxonada 150 million so‘mlik modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Natijada bu erda mahsulot turi 3 taga etdi, 10 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. Uning tsexlarida qandolat va non mahsulotlari tashuvchi avtomobillar uchun izotermik kuzovlar tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.

-Bizning tayyorlayotgan mahsulotlarimiz sifati jihatidan xorijnikidan qolishmaydi, - deydi korxona rahbari Nuraddin Bekjonov. - Shu bois mijozlarga juda ma’qul kelmoqda. Paytaxtimizda mahsulotimizni avtomobillarga o‘rnatib beradigan tseximizni ham ochdik.Bozor talabidan kelib chiqib yaqinda korxonamizda yana bir yangi tur mahsulot tayyorlash texnologiyasini o‘zlashtirdik.”Labo” va boshqa rusumli engil avtomobillar uchun pritseplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.Kelgusida milliy avtomobilsozlik sanoati uchun zarur butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri