Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BOLAJONLARNING CHEKSIZ SHODLIKLARI
01.05.2017

BOLAJONLARNING CHEKSIZ SHODLIKLARI

 

Navbahorning ushbu shukuhli, tarovatli, maftunkor daqiqalarida yurtimizda bayramlar to‘ylarga, quvonchli daqiqalarga ulanmoqda.

Chorshanba kuni Shovot tumanidagi muhtasham "Eshlik" to‘yxonasi oldida ertalabdan karnay, surnay sadolari yangradi. To‘yxonaning fayzi yanada o‘zgacha bo‘ldi. Chunki bu erda "Prezident e’tibori — muruvvat tadbirlarida" shiori ostida 40 nafar bolaning sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Bolajonlarning egnidagi kiyim-kechaklar, zar choponlar va zar sallalar ularga juda yarashib turar, bular ularning ota-onalari, yaqinlari, hamqishloqlariga ham quvonch bag‘ashlar edi.

Mana, tantanali tadbir boshlanib, bolalarni viloyat hokimi P.Bobojonov qutlab, ularga sovg‘alar topshirdi.

Davrada sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar yangradi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, hushovoz xonanda Dilmurod Sultonov qo‘shiq kuylaganda barcha quvonib, raqsga tushdi. Tumandagi bolalar musiqa va san’at maktabining yosh iste’dod egalari bolalarga atalgan sho‘x-shodon qo‘shiqlarni "To‘y bolalar" bilan birgalikda ijro etishdi.

Viloyat hokimligi, vi­loyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi va qator jamoat tash­kilotlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu to‘y tantanasida sunnat tuyi o‘tkazilayotgan 40 nafar bolaga Xalq bankining tuman bo‘limida omonat daftarchalari ochildi. Ularning har biriga 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchala­ri topshirildi. Shuningdek, ularga kitoblar tuxfa etildi. Tantanaga tashrif buyurgan mahalliy hokimlik, homiy tashkilotlarning vakillari bolalarga velosipedlar, kiyim-kechaklar to‘plami, o‘yinchoqlarni sovg‘a qilishdi.

To'yxonaga qo‘yilgan katga ekran orqali Prezidentimizning yurtimiz shahar va qishloqlarida bo‘lib, xalq bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, muloqotlari aks ettirilgan laxzalar, ulkan bunyodkorliklar ham to‘y davomida videorolik orqali namoyish qilinganligini barcha mamnunlik bilan kutib olishdi.

- Bugun bolajonlarimizning, ularning oila a’zolarining quvonchi cheksiz. Bolalarning hamqishqloqlari Prezidentimiz tomonidan xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, yaratilayotgan sharoitlar, doimiy e’tibor haqida o‘zlari istiqomat qilayotgan mahalla-yu, tuman misolida sevinib qayd etishmoqda, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-kizlar qo‘mitasining raisi S.Abdikarimova.

Sunnat to‘yi o‘tkazilayotganidan xursand bulayotgan Hasanboy Yo‘ldoshev ona Vatanni, tinchlikni she’rlar bilan tarannum etdi.

Bolalarni qutlagani viloyat markazidan ham ko‘plab turli soha vakillari, mashhur san’atkorlar qatnashib, o‘z dil so‘zlarini izhor etish­di. Shovot tumanidagi "Monoq masxarabozlari” ijodiy guruhi a’zolari ham musiqali dasturlarni namoyish etishdi.

"Prezident e’tibori - muruvvat tadbirlarida" shiori ostida "Xalq bi­lan muloqot va inson manfaatlari yili"da o‘tkazi­layotgan bunday to‘ylar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 29-aprel №34