Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BOLAJONLARNI OROMGOHLAR KUTMOQDA
26.05.2018

Mana, navbatdagi o‘quv yili yakunlanib, o‘quvchilarning yozgi ta’tili boshlandi. Bolalarning ta’til kunlarini mazmunli, qiziqarli o‘tkazishlari uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Viloyat hokimligi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining qo‘shma qarori qabul qilinib, shahar va tumanlardagi bolalar oromgohlari yozgi mavsumga to‘la taxt etilmoqda.

Kuni kecha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov rahbarligida 2018 yil yozgi mavsumda o‘quvchi-yoshlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha komissiya a’zolari, tegishli tashkilotlarning rahbarlari Yangibozor tumanidagi ikkita bolalar oromgohida bo‘lib, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

“Shunqor” bolalar oromgohi tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan. Bu yil oromgohda 400 nafardan ziyod bolaning dam olishi rejalashtirilgan.

Oromgohimizda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi oromgoh tarbiyachisi Shohista Qo‘zieva. Bolalarning har bir kuni maroqli o‘tishi uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar belgilandi. Shuningdek, muntazam ravishda sport to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Bolalarning futbol, basketbol, tennis, shaxmat o‘ynashlari uchun hamma narsa taxt.

Tumanning “Yangiyop” mahallasidagi “Pahlavon” bolalar oromgohi ham ta’til kunlari o‘g‘il-qizlarimiz uchun sevimli maskan bo‘ladi.

Oromgoh faollaridan Aziza Jumamuratova yozgi ta’til davrida qadimiy va navqiron Xiva shahriga sayoxatlar tashkil etilishini, “Kitob – oftob”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi o‘nlagan tadbirlar o‘tkazilishini va bunda o‘quvchilar albatta faol ishtirok etishlarini ta’kidladi.

Ayni paytda oromgoh kutubxonasida yuzdan ziyod kitoblar bor. Shuningdek, dam oluvchilarga gazetalarning yangi sonlari ham etkazib boriladi, - deydi A.Jumamuratova. - Oromgohimiz mavsumga shay.

Tumanda o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov har bir oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishlari, salomatliklarini tiklashlari uchun yaratilayotgan sharoitlarga va mas’ullar oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtaldi.

Tadbir davomida qator boshqarma, tashkilotlar rahbarlarining oromgohlarning tayyorgarligi bo‘yicha axborotlari tinglandi.


O‘z muxbirimiz.


“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

gazetalari 26 may, №42 (19492) shanba