Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BOLAJONLAR KAMOLOTIGA E’TIBOR
03.02.2018

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq yosh avlodning barkamol voyaga etishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga, ularning iqtidorini, qobiliyatini bolalikdan qo‘llab-quvvatlash muhimligiga doimo e’tibor berdilar. Istiqlol yillarida "Barkamol avlod" markazlari, boy kitob fondiga ega kutubxonalar, sport inshootlari, bolalar musiqa va san’at maktablari bunyod etildi. Bugungi kunda ushbu muhtasham dargohlarda o‘g‘il-qizlarimiz muntazam ravishda shug‘ullanib,  o‘z iste’dodlarini ro‘yobga chiqarmoqdalar.
Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab maktabgacha ta’lim muassasamizda "Mustaqilligimiz me’mori" mavzuida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok qilgan ilm-fan, adabiyot, madaniyat vakillari, jurnalistlar istiqlol yillarida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan  islohotlar va ularning samaralari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, Birinchi Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida uchrashib, suhbatlashib, muloqotda bo‘lgan faxriylarning xotiralari e’tibor  bilan tinglandi. Muassasa tarbiyalanuvchilaridan Samandar Baxtiyorov, Angilina Abdullaeva, Zarina Vafoeva va boshqa bolajonlar ona-Vatan, tinchlik, baxtiyor bolalik haqida she’rlar, qo‘shiqlar ijro etishdi.
Tadbir davomida Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga oid videolavhalar aks ettirildi.
Tarbiyachilardan Sayyora Qurbonova, Nargiza Abdullaeva, Elena Zazulina, Muyassar Niyozova, Gulandom Rajabova, Nigora Matyoqubovalar muassasamiz bolalar guruhlarida ham buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat -  engilmas kuch" va boshqa asarlari haqida  ota-onalarni taklif qilgan holda tadbirlar tashkil etmoqda.
Ha, Birinchi Prezidentimiz ushbu kitobida ta’kidlaganidek, ota-bobolarimiz qadimdan ma’rifat, ta’lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnag‘ining eng asosiy sharti, garovi deb bilgan. Farzand-larimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Bu borada ta’lim tizimi xodimlari mas’uliyatni yanada               chuqurroq xis qilib, yoshlarni etuk bo‘lib  ulg‘ayishlarida fidoyilik bilan faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Maryamjon XUDOYBERGANOVA,
Urganch shahridagi 2-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi.