Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Bog‘ot yoshlariga tuhfa.
10.02.2018

Bog‘ot tumanida zamonaviy o‘quv-amaliyot vositalari bilan jihozlangan "Yoshlar markazi” ish boshladi.Mamlakatimizda 11 yillik umumiy majburiy ta’lim joriy qilinishi munosabati bilan bo‘shab qolgan Bog‘ot engil sanoat kasb-hunar kolleji binosida yosh avlod vakillari uchun ana shunday ajoyib maskan barpo etildi.  Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda yoshlar kamoloti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar,yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtaldilar. 
Maskanda hozircha  xorijiy tillarni o‘rganish, tikuvchilik sirlari,huquqiy maslahat, komyuter saboqlari to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.Kelgusida yoshlarning hohish-istaklariga qarab yoshlar teatr-studiyasi, psixologik yordam markazi, "Yosh ijodkorlar”,”Yosh jurnalistlar”,robototexnika to‘garaklari tashkil qilinadi. 
– Bugungi yoshlar nafaqat muayyan kasb egasi, balki qiziquvchan, dunyoqarashi keng bo‘lishi kerak, – deydi Bog‘ot iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi To‘lqin Jumaniyozov. – Men xorijiy tillarni o‘rganish va kompyuter dasturlarni yaratishga qiziqaman. Shu bois darsdan so‘ng «Yoshlar markazi»dagi to‘garaklarga qatnashmoqchiman.Aminmanki, bu erdagi shart-sharoitlar, malakali mutaxassislar orzularim ro‘yobiga keng yo‘l ochadi. 
Shuningdek, markazdan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Bog‘ot tuman Kengashi xodimlari uchun ham xonalar ajratildi.                                                                                                             
                                                                                  Odilbek Odamboev