Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BINO "NOL” XARID QIYMATIDA SOTILDI
02.11.2017

Qaror va ijro

BINO "NOL” XARID QIYMATIDA SOTILDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish siyosati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning xorij davlatlarida muqobili mavjud emas. Davlat mulki ob’ektlarini tadbirkorlarga investitsiya kiritish sharti bilan "nol” xarid qiymatida berish amaliyoti bunga yaqqol misol bo‘ladi. Dunyoning hech bir davlatida uchramaydigan bunday imkoniyat va imtiyozlar tufayli sarmoyadorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar iqtisodiyotimizni yuksaltirishda juda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 17-yanvardagi "Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi islohotlarga yangicha mazmun bag‘ishladi. Xususan, Xorazm viloyatida ham joriy yilning 9 oyi mobaynida investitsiya kiritish majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan 33 ta davlat ob’ektlari salohiyatli sarmoyadorlarga "nol” xarid qiymatida sotildi.

Investorlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ob’ektlarga kiritiladigan sarmoyalarning umumiy qiymati 12,3 million AQSh dollari va 78,3 milliard so‘mni hamda yangidan yaratiladigan ish o‘rinlari soni 1121 tani tashkil qiladi. Tasdiqlangan reja jadvalga asosan joriy yilning 9 oyi davomida ob’ektlarga 165,0 ming AQSh dollari va 7,5 milliard so‘m miqdorida investitsiyalar jalb etilishi belgilangan bo‘lib, o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 873,0 ming AQSh dollari va 16,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, "nol” qiymatda xarid qilingan 11 ta ob’ektlarda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgani uchun sarmoyadorlarga mulk huquqini beruvchi orderlar topshirilgan.

— Gurlan tumanining Sholikor qishlog‘idagi qurilishi tugallanmagan bino ana shunday ob’ektlardan biri, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Nazarov. — U ikki yil avval "Otamurot Quronboev” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 480 million so‘m miqdorida mablag‘ kiritish va 30 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan "nol” qiymatida sotilgandi. O‘tgan davrda investor zimmasidagi majburiyatni ortig‘i bilan uddaladi. Qurilishi tugallanmagan binoda 800 million so‘m hajmida qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi hamda zarur asbob-uskunalar o‘rnatildi. Buning natijasida ob’ekt negizida to‘yxona, tikuvchilik tsexi, sartaroshxona xizmatlari tashkil qilinib, yangidan 30 ta ishchi o‘rinlari yaratildi. Sarmoyador tomonidan ob’ektga kiritiladigan investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganligi munosabati bilan "Otamurot Quronboev" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi berildi.

Ta’kidlash kerakki, viloyatda bunday imkoniyatdan unumli foydalanayotgan ishbilarmonlar talaygina.Xorazm viloyati hududiy tender komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan savdolarda Xiva tumani Oqyop qishlog‘i, "Qiblatozabog‘” mahallasida joylashgan bino va inshootlar investitsiya majburiyatlari qabul qilish evaziga "nol” qiymatda "Xiva metan gaz" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sotildi.Tuzilgan shartnomaga muvofiq sarmoyador tomonidan davlat mulki ob’ektiga 2,05 milliard so‘m miqdorida investitsiya jalb etilishi hamda 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi nazarda tutilgan edi. Investor qisqa muddatda uch milliard so‘mdan ziyod sarmoya kiritib uch yulduzli mexmonxona xizmatini tashkil qildi va yangidan 30 ta ishchi o‘rinlari yaratdi.

Umuman,viloyatda shu kungacha sarmoyadorlar ixtiyoriga "nol” qiymatda berilgan 60 ta ob’ektlarga kiritiladigan investitsiyalarning umumiy qiymati 12,5 million AQSh dollari va 94,6 milliard so‘mni tashkil qiladi hamda mazkur loyihalar ro‘yobi tufayli 1796 kishining bandligi ta’minlanadi.

Yana bir e’tiborli jihat, viloyatda Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi "Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mustaqillik yillarida xususiylashtirilgan ob’ektlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish,ularning reestrini joriy etish,faoliyatining doimiy monitoringgi va tahlilini olib borish yo‘lga qo‘yildi. Ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlarga mulkdorlar tomonidan qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,quvvatlardan to‘la foydalanish,faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmoqda.Natijada bunday korxonalar faoliyati ham izga tushib,tadbirkorlar safi yanada kengayib,iqtisodiyot rivoj topmoqda.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri