Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BENAZIR SAN’ATKOR XOTIRASIGA EHTIROM
24.07.2017

BENAZIR SAN’ATKOR XOTIRASIGA EHTIROM

Xorazmda O‘zbekiston xalq artisti, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda.

Mustaqillik yillarida milliy madaniyatimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, uning bebaho namunalaridan xalqimizni bahramand qilish, ayniqsa, yosh avlodning musiqiy didini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil noyabr oyida Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda xalqimizning ardoqli san’atkori Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi, go‘zal bog‘ tashkil etish taklifini bildirgan edi. O‘tgan vaqt davomida shu sanaga bag‘ishlab yurtimizda ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Poytaxtimizda ustoz san’atkor tavalludi sanasiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Ulug‘ san’atkor tug‘ilib voyaga etgan Shovot tumanida Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruktsiya qilinib, har tomonlama obod maskanga aylantirildi. Urganchda uning xotirasi bilan atalgan bog‘ va ijod markazi, uy-muzeyi tashkil etildi. Hofiz siymosi aks ettirilgan yodgorlik o‘rnatildi.

O‘zbek musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir ovoz sohibi, Vatan, do‘stlik, mehr-oqibat va muhabbatni avj pardalarda kuylagan Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hofiz qabrini ziyorat qilishdan boshlandi.

Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati musiqali drama teatrida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami qatnashchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi.

Xorazm suvora va maqomlari, xalq ashulalari va dostonlarining mohir ijrochisi Komiljon Otaniyozov asos solgan maktab yosh ijrochilar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘lib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanayotgani butun xalqimiz, ayniqsa, san’at ixlosmandlarini behad mamnun etmoqda, – deydi O‘zbekiston xalq artisti G‘afur Eshchonov. – Shovot tumanidagi qishloqlardan birida tug‘ilib o‘sgan, o‘zining iborasi bilan aytganda, "otaliqning molini boqib", podachi tayog‘ini o‘ziga tor qilib chala boshlagan yosh Komiljon xalqimizning ardoqli san’atkori edi. U o‘zining betakror ovozi va ijro uslubi bilan nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy o‘lkalarda ham san’at shaydolarini maftun etgan. Ustoz qoldirgan bebaho san’at bugun uning shogirdlari, yosh ijrochilar tomonidan munosib davom ettirib kelinmoqda.

Tadbirda badiiy jamoalar, xonandalar tomonidan K.Otaniyozov ijodiy merosidan namunalar ijro etildi. "Uch bo‘ston bulbuli" nomli spektakl, hofiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov so‘zga chiqdi.

Ahmadjon Shokirov,

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 22 iyul №58