Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BEBAHO MEROS
27.07.2017

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

BEBAHO MEROS

Shu yilning 20-21-iyul kunlari viloyatimizda O‘zbekiston xalq artisti, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan keng miqyosda tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar doirasida Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch Davlat universiteti, Komiljon Otaniyozov nomidagi musiqa va nafis san’atlar jamoat fondi hamkorligida "Komiljon Otaniyozov ijodiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va san’atida tutgan o‘rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz va qator davlatlarning taniqli olimlari, san’atshunoslar, san’atkorlar, Urganch Davlat universiteti o‘qituvchi va professorlari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Konferentsiyani viloyat hokimi P.Bobojonov kirish so‘zi bilan ochdi.

Anjumanda ma’ruzalar bilan qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Minxojiddin Xojimatov, Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat arbobi To‘lqin Hasanov ulug‘ hofizning o‘zbek san’ati, madaniyati, xalq ijodiyoti durdonalarini rivojlantirish va keng targ‘ib qilish, munosib shogirdlar tarbiyalab etishtirishdagi ulkan xizmatlarini, bugungi kunda ustoz qoldirgan boy madaniy merosning ahamiyatini alohida e’tirof etdilar.

Konferensiyada ma’ruza qilgan Xorazm Ma’mun akademiyasining raisi SH.Qodirov ulug‘ hofiz hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan keng qirrali ilmiy tadqiqot ishlari va uning ijobiy natijalariga to‘xtaldi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professori S.Begmatov, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi O.Matyoqubov, san’atshunoslik fanlari nomzodi B.Matyoqubov, tibbiyot fanlari doktori Sh.Uroqov, O‘zbekiston bastakorlar uyushmasining raisi R.Abdullayev va boshqalar ulug‘ hofiz Komiljon Otaniyozovning ijrochilik merosi, uslubi, Xorazm maqomlarining bizning davrimizgacha etib kelishidagi fidoyi xizmatlari, san’atkorning so‘z tanlashdagi mahorati va uning o‘zbek teatr san’ti rivojiga qo‘shgan hissasi kabi qator mavzularda ma’ruzalar qildilar.

- Ustoz Komiljon Otaniyozov o‘ta yoqimli, billurdek sof, jarangdor ovoz sohibi, sozandalik - tor chalish mahorati betakror, ajoyib so‘z ustasi - shoir, bastakor, chehrasidan nur yog‘ilib turgan inson bo‘lgan, - deydi professor SH.Uroqov. - Ustoz takrorlanmas xush ovozi, sho‘x sozi, behisob go‘zal fazilatlari bilan xorijdagi qator davlatlarda ham muxlislarining e’tiborini, mehrini qozonib, o‘zbek san’atini dunyoga tanitgan fidoyi insondir. Xorazmda san’atkor tavalludining 100 yilligi tadbirlari yuksak saviyada tashkil etildi va biz ularda katta quvonch bilan ishtirok etdik.

Ha, ilmiy-amaliy konferentsiya qatnashchilari o‘z chiqishlarida mustaqillik yillarida milliy an’ana, qadriyatlarimiz, ulug‘ ajdodlarimiz hayoti, ijodi keng o‘rganilib, bugungi kunda bu borada keng miqyosda amaliy ishlar davom etayotganligini mamnunlik bilan qayd etdilar.

Ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok qilgan yoshlar, san’atkorning muxlislari savollariga taniqli olimlar, musiqashunoslar, san’atkorlar javob berishdi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 26-iyul №59.