Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



BAYRAMGA PUXTA TARADDUD
20.08.2015

Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 17 iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq shu kunlarda viloyatimizning barcha xududlarida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” degan shior ostida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, turli madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayramini yuksak darajada o‘tkazishga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Bayram arafasida yurtimiz yanada o‘zgacha ko‘rku-tarovat kasb etmoqda. Urganch shahrining va qishloqlardagi bunyodkorliklar, milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarining ajib bir uyg‘unligi ko‘zni quvontirsa, tevarak- atrofdagi turfa gul va daraxtlar, ayniqsa, tinch-osuda hayot, odamlar yuzidagi xotirjamlik kayfiyatingizni ko‘taradi. Qaysi aholi punktiga bormang, u erdagi madaniyat markazlarida, zamonaviy sport maydonchalarida aholi va bolalar yayrab dam olmoqdalar. Bunday manzara har qanday odamning havasini keltiradi. Yurtimizda oilaga, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor naqadar yuksak ekanini mana shu xolatning o‘zi ham yaqqol tasdiqlab turibdi.
Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida “yurtimizda xukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo do‘stlik va xamjixatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzok va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli xamkorlikni yanada mustaxkamlash, turli mintaqa va xududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan taxlikali zamonda doimo ogoh, sergak va xushyor bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish - bugun xayotning o‘zi barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekaniga alohida ahamiyat qaratish...” qayd etilgan.
Shahar, tuman, qishloq, mahallalarda, tashkilot va korxonalarda uchrashuvlar o‘tkazilib, unda fuqarolarimizni ogohlik va xushyorlikka da’vat qilmoqdamiz. Maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxona hamda boshqa muassasa va tashkilotlarda tungi navbatchilik masalalari nazoratga olingan. Xududlarning sanitariya ahvoli va obodonlashtirish ishlarini o‘rganish va uni yaxshilash borasida viloyat IIBda mahsus guruh tashkil qilingan. Bu borada keng ko‘lamdagi ishlar olib borilyapti.
Bu tadbirlar xududda vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning oldini olishda ijobiy natijalar bermoqda.
Ko‘cha va jamoat joylarida sodir etiladigan jinoyatlar va xuquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida xodimlarimizning tunu-kun ikki smenada “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi a’zolari va boshqa jamoatchilik vakillari bilan xamkorlikda xizmati tashkil etilgan. Tezkor vaziyat bo‘yicha tayyorlangan tahlillar asosida ayrim shahar va tumanlarga patrul-post xizmati bataloni xodimlaridan iborat guruhlar yordamga yuborilmoqda.


Jahongir SA’DULLAYEV, viloyat ichki ishlar 
boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik.

“Xorazm haqiqati” 2015 yil 19 avgust №66 (19204)