Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



BAYRAM TANTANALARI BO'LIB O'TDI
29.08.2018

Urganch shahridagi «Avesto» majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy – iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘zgarishlar, yaratuvchanliklar davom etib, ulug‘vor ishlar amalga oshirildi. Bugun Davlat dasturlarini bajarilishi natijasida shahar va qishloqlarimiz kun sayin chiroy ochmoqda. Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Muhtasham turar – joylar, aholiga madaniy – maishiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar, mahalla guzarlari, ravon yo‘llar, obod manzillar qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. Yurtdoshlarimiz eng ulug‘, eng aziz bayramni katta ko‘tarinkilik bilan kutib olishmoqdalar. Viloyatimizdagi korxona, tashkilotlarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida, mahallalarda «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy – amaliy, ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. «Avesto» majmuasi bayramona bezatilgan. Chorlov musiqasi bayramning shodiyonasi boshlanayotganidan darak beradi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov yurtdoshlarimizni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan muborakbod etadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi. Bayramning teatrlashgan musiqali dasturlari boshlanadi. Karnay – surnay sadolari yangraydi. Ona –Vatan, istiqlol, tinchlik, yuksalishlar, hamjihatlik, zamondoshlarimizning fidoyiliklari qo‘shiqlarda tarannum etiladi. Bayram arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular qatorida bizning eldoshlarimiz ham bor – 107 yoshli Atajanova Sanamjon onaxonimiz va tadbirkor Axmedov Baxodirlar “Shuxrat” medali bilan, O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raxmatjon Kurbanov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, Urganch davlat universiteti talabasi Adxambek Ismailov “Kelajak bunyodkori” medali bilan, hunarmand-tikuvchi Saparova Dildora “Jasorat” medali bilan bilan taqdirlandilar. «Avesto» majmuasida istiqlolni, istiqbolni, Vatan ravnaqini, tinchlikni, do‘stlikni, farovon turmushni madh etuvchi qo‘shiqlar yangraydi. «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan bayram shodiyonalari barchani yanada yangi mehnat zafarlari, yutuqlar sari undaydi. Tadbir yakunida bayram mushakbozligi bo‘ldi.