Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Bayram dasturxoni to‘kin bo‘ladi
25.12.2017

Yangi yil bayrami oldidan mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida ham qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining an’anaviy savdo yarmarkalari tashkil etildi.Unda dehqon va fermer xo‘jaliklarida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ”O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasiga qarashli tashkilotlar tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan "Xizmat – beminnat” pavilonlarida 38 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda.

Birgina Urganch shahrida o‘tkazilayotgan yarmarkada kuniga 2 tonnaga yaqin qoramol, 2 tonna parranda go‘shti, 5 tonna baliq ,25 ming dona tuxum,15 tonna guruch, 25 tonnaga yaqin meva-sabzavot va poliz mahsulotlari savdo peshtaxtalariga chiqarilyapti.

-Yangi yil oldidan bunday savdo yarmarkalarining tashkil qilinishi eldoshlarimiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi,-deydi urganchlik mehnat faxriysi Baxtiyor Bo‘riev.-Ushbu tadbir tufayli aholi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli tarzda ta’minlanmoqda.Muhimi yarmarkaga chiqarilayotgan mahsulotlar narxi bozordagidan ancha arzon bo‘lib,sifati ham xaridorlarga manzur bo‘lyapti.

Ushbu savdo yarmarkalari xorazmliklarning bayram dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishiga, Yangi yil oqshomi fayzli o‘tishiga xizmat qiladi.

Odilbek Odamboev,

"Xalq so‘zi”muxbiri