Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI YANADA TAKOMILLASHADI
07.08.2015

Bugungi kunda har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Jahonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlari kun sayin rivojlanmoqda.  Mamlakatimizda sohani yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi. Ushbu siyosatning ijobiy natijalari bugungi kunda barcha sohalarda, ta’lim, bank, moliya tizimi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va xususiy tadbirkorlik, umuman barcha sohalarda o‘z ifodasini topmoqda.
Xorazm viloyatida ham shu yo‘nalishda tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimligi qoshida viloyat axborotlashtirish Kengashining tashkil qilinganligini soha taraqqiyoti uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Kengash tomonidan AKTni keng joriy qilish borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahlil etilishi, mavjud muammo va kamchiliklar, bildirilgan qarorlar asosida qarorlar qabul qilinishi kelgusidagi faoliyat uchun mustaxkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Barcha hokimliklar xodimlari zamonaviy kompyuter texnikasi bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, lokal tarmoqdan unumli foydalanib kelinmoqda. Ayni paytda viloyatda elektron hujjatlar aylanish darajasi 68 foizni tashkil etadi. Viloyat hokimligi, shahar, tumanlar hokimliklari hamda hududiy boshqarmalar o‘rtasida axborot almashinuvi “E-XAT” himoyalangan korparativ pochta orqali amalga oshiriladi. Natijada ma’lumotlar almashinuvining tezkorligi va ish unumdorligining oshishiga hamda qog‘oz sarfining sezilarli darajada qisqarishiga (36 foizga) erishildi. Elektron shaklda hujjatlar almashinish tizimini joriy qilish evaziga faqatgina hokimliklarning o‘zida joriy yilning birinchi yarim yilligi hisobiga 6,2 mln. so‘mdan ziyod mablag‘ tejaldi.
Barcha hokimliklarda server kompyuterlar uchun alohida xonalar ajratildi va belgilangan talablar asosida jihozlandi. Shu bilan birga “Kompyuterlashtirish markazi” xodimlari tomonidan shahar va tumanlar hokimliklarida o‘quv-seminarlar tashkil qilinib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti (www.xorazm.uz) 2008 yil oktyabr oyidan ishga tushirilgan bo‘lib, u orqali viloyatda olib borilayotgan isloxotlar, xabarlar, viloyat hokimligi, shaxar va tuman hokimliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keng yoritilib borilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda viloyatda kompyuterlashtirish markazi tomonidan 600 dan ortiq korxona va tashkilotlarning veb-saytlari yaratilib, internet tarmog‘iga joylashtirildi. Barcha ishga tushirilgan veb-saytlar domenida har bir tashkilotning elektron pochtalari ham yaratilgan.
Ko‘rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari axborot ayriboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining o‘sishi hisobiga davlat boshqarish funksiyalari bajarish samaradorligi va tezkorligini, idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini, shuningdek, aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirishga, sarflanadigan chiqimlarning esa qisqarib, ovvoragarchiliklarning kamayishiga xizmat qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-sonli qaroriga asosan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazildi. Viloyat bo‘yicha 84 ta korxona va tashkilotlardan jami 2248 nafar xodim attestatsiya topshirib, ulardan 1663 nafari (74 foiz)   muvaffaqiyatli o‘tdi.

“Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Kompyuterlashtirish markazlarining o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusida Xorazm viloyatida 7-avgust kuni o‘tkazilgan respublika o‘quv-amaliy seminarida viloyatda AKT'ni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar keng tahlil qilindi. O‘quv-amaliy seminarni viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov kirish so‘zi bilan ochib, keyingi yillarda sohada olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.
So‘zni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari P.Xaliulin davom qildirib, bugungi kunda joylarda AKTni rivojlantirish maqsadida kompyuterlashtirish markazlariga yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish ahvoli to‘g‘risida gapirdi.
Shundan so‘ng hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Xorazm viloyat kompyuterlashtirish markazi tajribasi bilan so‘zni markaz direktori S.Sadikov davom qildirdi. Shuningdek, markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Uz-Kadr” axborot tizimining korxona va tashkilotlarda joriy qilinganlik holati va ijobiy natijalari borasida so‘z yuritdi. Ishtirokchilar e’tiboriga xavola qilingan tizim ko‘rinishi, uning imkoniyat va qulayliklari ifoda etilgan taqdimot ularning axborot tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitdi. 
Seminarda “UZINFOCOM” markazi bo‘lim boshlig‘i M.Mirmaqsudov O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq ma’lumotlar portali”ga joylashtiriladigan ma’lumotlarga qo‘yiladigan texnik talablar mavzusida ma’ruza qildi. Mavzu yuzasidan markaz direktori G‘.Saidaliev ham so‘zga chiqib, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar va ularning echimi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 
Shuningdek, seminar kun tartibida “Elektron hokimiyat” tizimini joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyati”, “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bugungi kundagi muammolar. Axborotlashtirish obyektlarini audit qilish va attestatsiyadan o‘tkazish tartiblari”,  “Buxgalteriya va hisobotlar tizimini hududlarda joriy etishda Kompyuterlashtirish markazlari bilan hamkorlik masalalari” mavzusidagi  masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Xorazm viloyati kompyuterlashtirish markazi direktori o‘rinbosari X.Erjanovning “Aholi”, “Tug‘riq yoshidagi va homilador ayollar” axborot tizimlari to‘g‘risidagi ma’ruza hamda taqdimotlari yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Seminar qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar bilan davom qildirildi. Ma’ruzachi ishtirokchilarning barcha savollariga to‘liq javob berdi. 
O‘quv-seminar o‘z ishini 8-avgust kuni davom qildiradi. Bunda ishtirokchilar hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, interaktiv xizmatlarni rivojlantirish hamda elektron murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Yangibozor va Xiva tumani hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishadilar.