Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



“Avtotest Urganch” ish boshladi
29.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi "Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Xorazm viloyatida                  " Avtotest Urganch” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Urganch shahrida joylashgan mazkur markazning tantanali ochilish marosimida viloyat hamda shahar hokimligi vakillari, tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari qatnashib,  innovatsion ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

–Bugungi kunda Xorazm viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar soni 20 ming nafardan ortiq,–deydi markaz rahbari Odilbek Ollayorov. – Endilikda ular har ikki yilda bir marta ushbu  o‘quv kurslarida malaka  oshiradilar.Ushbu tartibning joriy etilishi bejiz emas. Chunki, avtotransport vositalarining kun sayin ko‘payib borayotgani,yo‘llardagi qatnov tig‘izligi haydovchilarda yuksak professional tayyorgarlik bo‘lishini taqozo etadi. Sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari tahlili ham doimiy ravishda haydovchilar malakasini oshirib borishga ehtiyoj tug‘diradi. Shu bois harakat xavfsizligi bilan bog‘liq  huquqbuzarliklarning oldini olish, haydovchilarning madaniyatini yuksaltirishda mazkur innovatsion ta’limning ahamiyati juda  katta.

Markazda dars mashg‘ulotlari 12 nafar malakali mutaxassis tomonidan interaktiv o‘quv dasturi, animatsiyali videodarslar asosida olib boriladi. Tinglovchilarga multimedia elektron o‘quv qo‘llanmalari, ishchi daftarlar tarqatilib, ularning bir hafta davomida egallagan bilimi tegishli tartibda baholanadi. Shuningdek, kurs yakunida sinov o‘tkazilib, ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan haydovchilarga tegishli sertifikat beriladi. 

                                                                                                                             Odilbek Odamboev,

                                                                                                                            "Xalq so‘zi” muxbiri