Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



ASRLAR OSHA PORLAYDI NAVOIY IJODI
26.09.2017

ASRLAR OSHA PORLAYDI NAVOIY IJODI

Butun dunyoda o‘zining durdona asarlari bilan jahon adabiyoti xazinasiga bag‘oyat ulkan hissa qo‘shgan Husrav Dehlaviy, Shekspir, Dante, Pushkin kabi buyuk so‘z san’atkorlari qatorida ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy nomining ham tilga olinishi barchamizning dilimizda fahr-iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi. Shu sababdan ham Alisher Navoiyning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, targ‘ibot qilish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat, elga sadoqat ruhida tarbiyalash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qolaveradi. O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi "Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” degan ezgu g‘oyani ro‘yobga chiqarish ishida ishtirok etar ekan She’riyat mulkining sultoni, deya ta’rif berilgan buyuk ajdodimiz ijodini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. "Navoiy vorislari” Respublika ko‘rik-tanlovi shu tadbirlar jumlasidandir. Yaqinda ushbu ko‘rik-tanlovning Urganch shahridagi 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan Xorazm viloyat bosqichi ishtirokchilarning Navoiy ijodini nechog‘lik mehr bilan o‘rganayotganliklarini, chinakam ulug‘vor so‘z san’atini chuqur anglashga intilayotganliklarini ko‘rsatdi.

 

Mazkur she’riyat anjumanida ko‘rik-tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘n bir nafar o‘quvchi eng ko‘p g‘azal yod olish, g‘azalni bexato va ifodali o‘qish. g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish, g‘azal matnidagi tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab bera olish kabi shartlarni bajarish orqali o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

–O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi milliy g‘urur va sha’n tuyg‘usini mustahkamlagan holda, xalqimizda milliy o‘zlikni anglashni o‘stirish masalalariga hamma vaqt katta e’tibor qaratadi, –dedi ko‘rik-tanlov ochilishida so‘zga chiqqan partiya Xorazm viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Muhabbat To‘raboyeva. –"Biz kimmiz? Bizning ajdodlarimiz kim? Bizning millatimiz nima hisobidan yuksaldi va butun jahonga mashhur bo‘ldi?” kabi savollar hamma vaqt O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining diqqat markazida bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan Alisher Navoiy ijodiy faoliyati, u qoldirgan boy adabiy meros ushbu savollarga javob topishga yordam beradi.

Ta’kidlanganidek, Navoiy ezgu g‘oyalarni so‘z vositasida o‘quvchi diliga to‘la jo qilishga erishib so‘zning butun kuchini ro‘yobga chiqargan so‘z san’atkoridir. "Xazoyinul maoniy” devoni chinakam ma’nolar xazinasidir. Undagi insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, matonat, bag‘rikenglik, mehr va muhabbat kabi umuminsoniy g‘oyalar so‘z qudrati ila qalblarda yuksak ishonchni hosil qiladi.

Ko‘rik-tanlovda Qo‘shko‘pir tumanidagi 51-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zebuniso Omonboeva g‘oliblikni qo‘lga kiritib kiritib mazkur bellashuvning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ko‘rik-tanlovda 2-o‘rin Yangiariq tumanidagi 16-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Maftuna Baxtiyorovaga va 3-o‘rin esa Urganch shahridagi 5-son maktabning 7-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Ibodullayevaga nasib etdi. Ko‘rik-tanlovda Qo‘shko‘pir tumanidagi 51-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zebuniso Omonboyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritib kiritib mazkur bellashuvning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ko‘rik-tanlovda 2-o‘rin Yangiariq tumanidagi 16-son maktabning 8-sinf o‘quvchisi Maftuna Baxtiyorovaga va 3-o‘rin esa Urganch shahridagi 5-son maktabning 7-sinf o‘quvchisi O‘g‘iloy Ibodullayevaga nasib etdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bekzod Zaripov, O‘zMTDP Xorazm viloyat kengashi etakchi mutaxassisi:

Alisher Navoiy asarlarida adolat, vatanparvarlik, tinchlik, ahillik, ezgulik, halollik, xalqparvarlik singari ezgu fazilatlar tarannum etiladi. Shu boisdan ham uning ijodini mana besh asrdirki nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo xalqlari sevib o‘rganmoqda. Bu buyuk bobomiz ijodining umri boqiyligidan dalolatdir.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP Xorazm viloyat

Kengashi etakchi mutaxassisi.