Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ASOSIY MEZON
21.10.2015

Xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari yuksak mas’uliyatni har daqiqada his qilib ish uslubini shu kun talabiga monand holda tashkil etayotir. O‘zbekistan Respublikasining qonunlari, davlat dasturlarining bajarilishini nazorat-tahlil tartibda o‘rganish, qishloqlar obodligini ta’minlash, aholi xayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, buni doimiy komissiya yig‘ilishlarida atroflicha muhokama etish tegishli tavsiyalar ishlab chiqish kabi masalalar diqqat markazida bo‘lmoqda.
Ushbu dolzarb vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq bajariщda deputatlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish muhim o‘rin tutadi. Binobarin doimiy komissiyalar ishining samaradorligi uning tarkibida ish olib borayotgan deputatlarning faolligiga, o‘z vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal eta olish salohiyatiga, saylovchilar ishonchini oqlashni asosiy mezon deb bilishiga bevosita bog‘liqdir.
Shu bois doimiy komissiyamiz faoliyatida hududlar kesimida ijtimoiy-madaniy masalalarni tahlil etish, o‘rganish keng o‘rin egallagan. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan Prezidentimizning “2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining Shovot tumanidagi ijrosi o‘rganildi. Tumanda 11 nafar yolg‘iz keksa ro‘yxatga olingan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ular xomiylar tomonidan bepul oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari bilan ta’minlangan. Ularga tikuvchilik va sartaroshlik xizmatlari ko‘rsatilgan, gazeta hamda jurnallarga obuna qilingan. Shu bilan birga doimiy komissiya a’zolari mazkur Qarorning ijrosini ta’minlashda xomiylarni, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini kengroq jalb etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zlarining tavsiyalarini beriщdi.
Komissiya a’zolari tomonidan aholi bandligini ta’minlash dasturining ijrosi ham muntazam nazoratga olingan. Jumladan, doimiy komissiyaning joriy yil iyul oyidagi yig‘ilishida viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Qurbonovning viloyatda 2015 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Yig‘ilish davomida viloyatda mazkur dasturning ijrosini ta’minlashda amaliy ishlar bilan birga xali ayrim kamchiliklar ham mavjudligi qayd etildi, ularni bartaraf qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Hozir doimiy komissiya a’zolari tomonidan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini tashkil etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar, muassasalarda olib borilayotgan ishlar nazorat-tahlil tarzida o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari doimiy komissiyaning yig‘ilishida muhokama etilib, mas’ul rahbarlarning axborotlari tinglandi va bu yuzadan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bugungi kunda doimiy komissiyaning har bir a’zosi o‘zi saylangan joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga e’tiborni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan deputat nazoratini o‘rnatish, boshqacha aytganda oldimizda turgan va-zifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida doimiy komissiya a’zolari tomonidan saylovchilarning ikki yuzga yaqin murojaatlari va takliflari o‘rganildi, ular o‘z vaqtida hal etiladi.
Deputatlar tashabbuskorligi masalasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining asosiy negizlaridan biridir. Ayni paytda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yuzasidan deputatlarning asosiy takliflarini doimiy komissiyalar, mahalliy Kengashlar yig‘ilishlarida muhokama etishga jiddiy e’tibor berilayotir. Bunday sa’y-xarakatlar saylovchilar quvonch va tashvishlari bilan yashash, ularning fikrlarini, takliflarini o‘z faoliyatlarida aks ettirish asosiy mezon ekanligidan dalolatdir. Shundan kelib chiqib, joriy yilning o‘tgan davrida doimiy komissiya a’zolari tomonidan yigirmadan ziyod tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilindi. Ularda, asosan, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari qamrab olingan. Hozirgi vaqtgacha ularning aksariyati o‘zining ijobiy echimini topdi.
Ayniqsa, qonunlar ijrosini ta’minlashda faollik ko‘rsatishimiz bugunning dolzarb vazifasidir. Zero, yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarga munosib ulush qo‘shishimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Raimbergan SOBUROV, Xalq deputatlari viloyat 
Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish 
masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 17 oktyabr №83 (19221)