Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ASALARICHILIK - YETTI XAZINANING BIRI
11.11.2017

Qaror va ijro

ASALARICHILIK - YETTI XAZINANING BIRI

Tabiiy asal nafaqat to‘yimli ozuqa, balki bebaho shifobaxsh ne’mat bo‘lib, uning tarkibida inson organizmi uchun foydali mikroelementlarning 70 foizdan ko‘p qismi mavjud. Xalqimiz bolarini "Etti xazinaning biri, oila tabibi”, deyishining boisi ham ana shunda. Asalari parvarishlagan inson, "Bor bo‘lsa asalari, dardlar bo‘ladi nari” degan naqlning nechog‘lik to‘g‘riligiga o‘z faoliyati davomida yana bir bor amin bo‘ladi. Shu ma’noda, asalarichilik rivoji nafaqat iqtisodiy yuksalish, balki aholining salomatligini saqlash va yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligining ushbu tarmog‘ini rivojlantirish uchun tabiiy imkoniyatlar nihoyatda katta. Keyingi yillarda ana shu qulay shart-sharoitdan oqilona foydalanish, tarmoqni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish, mahsulot etishtirish hajmini oshirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, joriy yilda yangidan 639 ta asalarichilik sub’ektlari tashkil etilib,ularning jami soni 1505 taga etdi. 2016-yilda viloyatda 44192 ta asalari oilasi parvarishlanib qariyb 800 tonna asal etishtirilgan bo‘lsa,joriy yilda asalari oilalari soni 5412 taga ko‘payib 983 tonna bol yig‘ib olindi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017-yil 16-oktabrda qabul qilingan "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

–Yurtimizda faoliyat yuritayotgan asalarichilarni birlashtirish, o‘zaro tajriba almashish hamda ularga ko‘maklashish maqsadida "O‘zbekiston asalarichilari" uyushmasi tashkil etilgani ayni dilimizdagi gap bo‘ldi,-deydi "Xonqa asali” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ma’rufjon Safoyev. –Tarmoqni rivojlantirish uchun bu juda zarur edi. Eng muhimi, uyushmaga a’zo xo‘jaliklar tomonidan chetdan olib kelinadigan naslli materiallar, asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maxsus transport vositalari, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qo‘llaniladigan veterinariya dori vositalari, preparatlar, mumparda va mum mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod etiladigan bo‘ldi. Bu esa barcha asalarichilar oldida ko‘ndalang turgan asosiy muammolarning yorqin echimidir.

Aytish joizki, asalari bir kilo asal to‘plash uchun uyasidan 120-150 ming marta uchib chiqib, to‘rt yuz ming chaqirim masofani bosib o‘tadi. Toza asalning qiymati qanchaligini shundan ham bilavering. Mutaxassislarning fikricha,Xorazm vohasi tabiiy iqlim sharoitida etishtiriladigan gul va cho‘l asaliga xorijda talab juda katta.

–Yaqinda Turkiyaning Istambul shahrida "Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasining 45-kongressi va ko‘rgazmasida qatnashib keldik,-deydi "Khorezm honey” agrofirmasi rahbari Orifjon Yunusov. – Ko‘rgazmaga olib borgan mayiz va yong‘oq qo‘shilgan asalimiz ta’mini totib ko‘rgan ishtirokchilar hayratda qolishdi.Yurtimizda etishirilgan asal mahsulotlarini eksport qilishda juda katta imkoniyatlar mavjudligiga amin bo‘ldik. Faqat asalni chetga eksport qilish uchun avvalo uning kimyoviy tarkibi og‘ir metallar, radionuklid, pestitsid, antibiotiklardan xoliligini aniqlab beruvchi, jahon standartlariga mos keladigan laboratoriya, qadoqlash va qayta ishlash tsexlarini ochish zarur. Yaqinda agrofirmamizga Polshadan zamonaviy qadoqlash uskunalarini olib keldik. Kelgusida asal mahsulotlarini eksport qilish borasidagi izlanishlarimizni davom ettirib, nafaqat asalning o‘zini, ona ari suti,gul changi kabi mahsulotlarni ham xorijga chiqarish rejalarimiz bor.

Asalarining yana bir xosiyati — u qishloq xo‘jaligi samaradorligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu foydali hasharot yordamida changlatilgan bog‘ va ekin maydonlarida hosildorlik 25-30 foizgacha oshishi allaqachon isbotlangan. Asalari changlatgan g‘o‘zaning hosildorligi asalari oilasi bo‘lmagan joydagi g‘o‘za hosildorligiga nisbatan 30 foizgacha ko‘p bo‘lishi tajribalardan yaxshi ma’lum. Buning uchun har gektar bog‘ va ekin paykali boshiga 2-4 asalari oilasi olib borib qo‘yilsa, kifoya. Bu usul AQSh, Kanada, Ispaniya va Frantsiya kabi mamlakatlarda keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Joriy yilda viloyatda shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida asalari boqish bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar soni keskin ortdi.Bunda viloyatdagi tijorat banklari tomonidan asalarichilikni rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar salmog‘i oshgani muhim ahamiyat kasb etdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki,joriy yilning 9 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 411 ta asalarichilik sub’ektlariga 4 milliard 980 million so‘mlik kredit liniyalari ochilgan.

– Turmush o‘rtog‘im bilan qishlog‘imizdagi umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlaymiz, – deydi yangiariqlik Anvar Bekmatov.-Mo‘’jazgina hovlimizda 30-40 ta tovuq, sigir-buzoq asraymiz. Atrofimizda dala, bog‘, umuman, turli ekinlar bisyor. Shu bois bu yil 10 oila asalari sotib oldik. Har 5-10 kunda uyalarning joyini o‘zgartirib turdik.Hisoblab qarasak, har oiladan 18 kilogrammdan asal olibmiz. Iste’moldan ortganini bozorga chiqardik.Daromadimiz chakka emas. Tarmoqning nozik jihatlaridan erinmagan, qiyinchiliklaridan cho‘chimagan kishi bir oila asalaridan yiliga 40 kilogrammgacha asal olishi mumkin ekan.Kelgusi yil yana 10 oila asalari xarid qilishni mo‘ljallab turibmiz.

Otabek Hayitboyev Urganch tumanining Chakkasholikor qishlog‘ida yashaydi. O‘ttiz to‘rt yildirki asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda tarmoq sirlarini farzandlari,shogirdlariga o‘rgatmoqda.

— Shaxsiy tomorqa xo‘jaligimizda kasallikka chidamli, iqlim sharoitga moslashuvchan, hosildorligining yuqori bo‘lgan "Karpat” zotiga mansub 40 oila bolari parvarishlayapmiz, — deydi Otabek Hayitboyev. — Ilgari hasharotlarni oziqlantirish muammosi ko‘ndalang turar, ozuqaga boy maydonlarni izlab uyalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududlariga olib borardik.Endilikda asalarichilik uyushmasiga a’zo bo‘lgan xo‘jaliklarga o‘rmon fondi erlaridan,tabiiy pichanzor va yaylovlardan asal yig‘ish mavsumi davomida bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.Bu esa etishtiriladigan mahsulot sifati va salmog‘ini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman xulosa qilib aytganda vohada asalarichilik tarmog‘i rivojlanish sari yuz tutmoqda.Yaratilayotgan imkoniyatlar,shart-sharoitlar natijasi o‘laroq,ilgarilari tansiq bo‘lgan ushbu shifobaxsh ne’mat bozorlarimizda ko‘payib,el dasturxoniga arzon narxlarda etib borishi ta’minlanmoqda.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri