Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AQSh delegatsiyasi Xorazmda E-SUD elektron sudlov axborot tizimi faoliyati bilan tanishdi
29.01.2018

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy missiyasi direktori o‘rinbosari Sara Uolter boshchiligidagi delegatsiya fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga tashrif buyurib, E-SUD elektron sudlov axborot tizimi  faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 
E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi,AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT taraqqqiyot dasturining "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida 2013 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib,sud tizimi shaffofligi va ochiqligi hamda faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Chet ellik mehmonlar   E-SUD tizimida sudga kelib tushgan arizalarni avtomatik tarzda ro‘yxatga olish,mas’ul sudyalarga taqsimlash,ish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlarini taraflarga yuborish,statistik ma’lumotlarni shakllantirish kabi elektron tarzda amalga oshiriladigan protsessual harakatlar bilan tanishdilar.
-Xorazm viloyatidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 2017 yil oktyabr oyidan buyon 6759 ta ariza va da’vo arizalari elektron shaklda kelib tushgan bo‘lib, ularning 2000 tasi jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan,-deydi fuqarolik  ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi raisi Jur’at Nafasov.-Elektron sudlov axborot tizimi joriy etilgani tufayli sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishga sarflanadigan vaqt deyarli ikki barobar qisqardi,sarflanadigan moddiy resurslarning 70 foizi tejalishiga erishildi.
Xorijlik mehmonlar elektron tizimda  yangi modul va xizmatlarni yaratish,tizimni boshqa axborot resurslari bilan bog‘lash borasidagi loyihalar bilan ham tanishdilar. 
                                                                                                                                      Odilbek Odamboev,
                                                                                                                                      "Xalq so‘zi” muxbiri