Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AMINZODANING YANGI YUTUQLARI
20.10.2018

Yurtimiz yoshlarining ilm-fan hamda ijodiyot yo‘nalishlarida erishayotgan yutuqlari qalblarga quvonch bag‘ishlaydi. Ular yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlardan oqilona foydalangan holda faoliyat yuritib, yangiliklar sari dadil qadam qo‘ymoqdalar. "Nihol" mukofoti sovrindori, eldoshimiz Aminzoda Jumaniyozov ham keyingi yillarda san’at sohasida quvonarli natijalarni qo‘lga kiritib, Respublikamiz, Xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan tanlovlarda o‘zining serqirra ijodi bilan e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda. Shu yilning 12-oktabrida Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan "Rus romanslarining ijrochisi" xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda 70 dan ortiq davlatdan opera san’atining iste’dodli vakillari ishtirok etdilar. Ushbu nufuzli tanlovda eldoshimiz Aminzoda Jumaniyozov ham faol qatnashib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Hamda ushbu tanlov hay’at raisi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti G.S.Preobrajenskaya tomonidan imzo chekilgan diplom bilan taqdirlandi. Ushbu xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan Aminzoda Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan "Romanslar kuni" gala konsertida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
- Mamlakatimizda biz, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar beqiyosdir. Ayni paytda men O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining 4-bosqichida tahsil olishim bilan birga o‘z iste’dodimni qator tadbir-larda namoyon qilmoqdaman, - deydi Aminzoda Jumaniyozov. - Ustoz va murabbiylarimiz san’atning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bizga chuqur bilim berishmoqda. Yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan opera san’ati bo‘yicha tanlovda qatnashib, tengdoshlarim orasida g‘olib bo‘lganligimdan juda baxtiyorman. Ha, Aminzoda Jumaniyozov doimo o‘z ustida qunt bilan ishlab, opera san’atining o‘ziga xos tomonlarini mukammal o‘rganishga, muntazam ravishda shug‘ullanib, yurtimiz yoshlarining qobiliyatini jo‘shqinlik bilan targ‘ib qilmoqda. Aminzodaning kelgusidagi ijodiga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Otaxon RAHIM.