Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YANADA TAKOMILLASHADI
08.04.2017

AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YANADA TAKOMILLASHADI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati va Urganch shahar Kengashlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga viloyatimizdan saylangan deputatlar, xalq deputatlari viloyat va Urganch shahar Kengashlari deputatlari, tibbiyot tizimi rahbarlari, qator boshqarmalar, tashkilotlarning va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok qildilar.

Sessiya ishini viloyat hokimi P.Bobojonov boshqarib bordi.

Sessiyada viloyatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala muhokama etildi.

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Saburov sessiyada ma’ruza qildi.

Mamlakatimizda sog‘likni saqlash tizi­mi izchil ravishda isloh qilib borilmoqda. Tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, bir­lamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada ta­komillashtirish,qishloq vrachlik punktlari va boshqa sog‘likni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida amaliy ishlar davom etmoqda.

PrezidentimizSh.Mirziyoyevning joriy ilning 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida sog‘liqni saqlash tizimida mavjud bir qator muammolar va o‘z echimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratilib, bu borada, xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga bunday yordamning o‘z vaqtida va yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan to‘lik foydalanishni yo‘lga qo‘yish, tibbiy xizmat ko‘rsatish shu kun talablariga javob berishi zarurligi qayd etilib, oldda turgan dolzarb vazifalar aniq belgilab berildi.

Viloyatimizda bugungi kunda mazkur vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlanmoqda. Ularning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat, tumanlar xalq deputatlari Kengashlarida aholi­ga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vosita­lari ta’minotini yana­da yaxshilash, ushbu sohadagi ishlarni muvo­fiqlashtirish bo‘yicha komissiyalar tuzilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholiga tib­biy xizmat ko‘rsatish tizimidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ham viloyatimizning shahar va tumanlarida bo‘lib, bu borada olib borilayotgan ishlarni tahliliy, tanqidiy jihatdan o‘rganib, mavjud muammolarga bevosita joylarning o‘zida echim berishga qarata, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqdalar.

Oliy Majlis Qonun­chilik palatasining viloyatimizdan saylangan deputatlari bir necha kun viloyatimizda bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasi­dagi faoliyatni chuqur o‘rganishdi va natijalarini sessiyada deputatlar e’tiboriga havola qilishdi.

Ta’kidlandiki, Prezidentimizning 2017 yil 16 martda qabul qilgan "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomil­lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha joylarda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyatimiz aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatadigan 198 ta tibbiyot muassasalari, shu jumladan 11 ta ixtisoslashgan markaz, 6 ta dis­panser faoliyat ko‘rsat­moqda. Ularda 4300 nafardan ziyod vrachlar, 15400 nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Mamlakatimizdagi amaldagi qonunlar doirasida viloyatimiz aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimining bugungi kundagi holati xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi, viloyat Kengashidagi siyosiy partiyalar deputatlar guruhlarining doimiy nazoratida bo‘lib, bu yuzadan tibbiyot muassasalari rahbarlarining hisobotlari muntazam tinglab borilmoqda.

Jumladan, doimiy komissiyamiz tomonidan, - dedi R.Saburov. - Har yili rejaga asosan viloyatimizning hududlari misolida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan qonunlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijrosi tahlil etilmoqda. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegish­li qarorlar, tavsiyalar qabul qilinib, joylarga etkazilmoqda.

Misol uchun, joriy yilning 28 mart kuni o‘tkazilgan doimiy komissiyaning yig‘ilishida "Yod etishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qo‘shko‘pir va Shovot tumanlarida bajarilishi to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama etilib, qonun ijrosini ta’minlashda mavjud kamchiliklar ochiq-oydin ko‘rsatilib, doimiy komis­siyaning tegishli tavsiyalari ishlab chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi tomonidan ham viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masala atroflicha muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilinib, tavsiya­lar ishlab chiqildi.

Ayni paytda viloyatimizning tumanlarida 11 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda 163 ta qishloq vrachlik punktlarida qishloq hududlari aholisiga, Urganch shahrida esa 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy hamda 3 ta oilaviy poliklini­ka orqali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilmoqda. Ushbu tizimda fuqarolarning sog‘liginisaqlash bo‘yicha birmuncha ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinayotganligiga qaramasdan, jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.

Jumladan, qishloq vrachlik punktlari tomo­nidan aholining barcha qatlamlari birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bilan to‘liq qamrab olinmayotir. Ayrim tibbiyot muassasalari malakali, tajribali tibbiyot xodimlari, zarur mas’uliyatni to‘la his qilishmayotir, samarali faoliyat ko‘rsatishmayapti.

Qishloq vrachlik punktlari mutaxassislari tomonidan esa tibbiy ko‘riklarni o‘tkazishda yuzakichilikka yo‘l qo‘yilayotganligi sessiyada qayd etib o‘tildi.

Xuddi shunday kamchiliklar sessiyada Urganch shahrida ish yuritayotgan ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar faoliyatida ham hukm surayotganligi atroflicha tahlil etildi.

Mazkur tibbiyot muassasalarining ayrim shifokorlari va hamshiralari o‘zlariga birkitilgan mahallalardagi aholi bilan yaqindan suhbatlashmaydi. Xonadonlarda kam bo‘lishadi. Shu tufayli ham ba’zi xonadon egalari o‘zi istiqomat qilayotgan hududdagi shifokor va hamshira haqida etarli ma’lumotga ega emaslar.

Sessiyada viloyat sog‘liqnisaqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Tangriberdievning hisoboti tinglandi.

Ana shu jarayonda deputatlar unga aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan muassasalarning faoliyatidagi mavjud kamchiliklar va muammolar va ularga barham berish yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi to‘g‘risida
qator savollar bilan murojaat qildilar.

Shuningdek, sessiyada Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori R.Bobojonov hisobot berdi.

Mazkur hisobotlarni muhokama qilish davomida sohadagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida sessiya qatnashchilari tomonidan qator tavsiyalar, takliflar bildirildi.

Jumladan, tibbiyot muassasalarida eng avvalo, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bo‘yicha tezkorlik bilan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, tez tibbiy yordam xizmati stantsiyalari faoliyatini shu kun talabi asosida tashkil etish, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini va malakasini oshirish, tizimda zamonaviy, ilmiy texnikaviy yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengqo‘llash, kadrlarni tayyorlashda ilg‘or usullardan foydalanish va sog‘lom turmush tarzini har bir oilada keng tatbiq qilish,
tibbiy madaniyatini oshirish hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq fikr-mulohazalar bildirildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.Jumamuratova so‘zga chiqib, viloyat tibbiyot tizimida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni, echimini kutayotgan muammolarni qayd etib, bu yuzadan tegishli tashkilotlar oldida turgan vazifalarni aniq misollarda ko‘rsatib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun­chilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamuratov sessiya ishida qatnashdi va so‘zga chiqdi.

 

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 5 aprel №27.