Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AHOLI UCHUN QULAYLIK
06.11.2017

Axborot

AHOLI UCHUN QULAYLIK

Xorazm viloyatida tabiiy gaz etib borishi qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan 119.561 ta xonadonlarda muqobil yoqilg‘i turlaridan,asosan ko‘mirdan foydalaniladi. Ko‘mirning briketlangan shakli tashish,saqlash va ishlatish uchun juda qulayligi,yonish jarayonida oddiy ko‘mirga qaraganda ko‘proq issiqlik ajratishi bois juda xaridorgir.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida viloyatning 9 ta tumaniga "Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJda ishlab chiqarilgan,sutkasiga jami 500 tonna ko‘mir briketi tayyorlash quvvatiga ega uskunalar keltirib o‘rnatildi. Natijada joriy yil kuz-qish mavsumida viloyatda aholi xonadonlari uchun mo‘ljallangan 62 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isining 12,8 ming tonnasi briketlangan shaklda etkazib beriladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari viloyatning barcha tumanlarida maishiy gaz ballonlari saqlanadigan, suyultirilgan gaz etkazib berishga mo‘ljallangan 11ta servis markazlari qurib foydalanishga topshirildi. Mazkur inshootlarni zamonaviy talablar asosida barpo etish uchun 3 milliard 198 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Endilikda aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash darajasi va xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri