Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



AFRIKA TUYAQUSHLARI BOG‘OTDA
21.07.2018

Davlatimiz ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Birgina misol cho‘l hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo sayyohlarining katta e’tibor va e’tiroflariga sazovor bo‘lmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida turizmni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab dastur va loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda Xususan, ekoturizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Sayyohlarning tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, betakror tabiat go‘zalligidan bahra olishi, nabotot va hayvonot olamining nodir namunalari bilan yaqindan tanishishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Viloyatimizdagi Xiva, Hazorasp, Urganch va Bog‘ot tumanlarida hamda Amudaryo qirg‘oqlarida ham ekoturizm jadal rivojlanmoqda. Ekoturizm rivoji yo‘lida o‘z hissamni qo‘shish maqsadida, 2017 yil sentabr oyidan Farg‘ona viloyati va Ko‘shko‘pir tumanida “Ibrat Ro‘zmat” oilaviy korxonasidan olib keltirilgan 12ta tuyaqushlarni parvarishlab ekoturistik maskani ochdik. Ushbu qushlar issiq iqlimga moslashgan, shu sababli bizning tabiatimiz ham ularni yashashi va ko‘payishi uchun qulaydir. Ular 3-4 yilda 120-150 kilogramm tosh bosadigan jonzotlarga aylanishi mumkin. Tuman xokimiyati vakillari bizning tuyaqushlarimizni kelib ko‘rib shu kunlarda 2 gektar yer maydoni ajratib berishdi. Ular uchun yangi fermaxona quramiz va ekinlar ekamiz. Tuyaqush juda o‘txo‘r, ayniqsa bedani xush ko‘rib yeydi. Ularni yem berib parvarishlayapmiz. Xozirda bizda 200 kurka va 350 bedana bor. Rejamiz qushlarning turlarinini ko‘paytirish. Bugungi kunda fermamizda 3 kishi ish bilan band. Turmush o‘rtog‘im Qumrixon ham bizga yordam beradi. U ko‘prok kurkalarni parvarishlaydi. Ushbu qushlardan 4 oyda 70 kilogramm go‘sht olishimiz mumkin. Bugungi kunda ichki bozorlarimizni go‘sht maxsulotlari bilan ta’minlab kelmoqdamiz. Tuyaqush o‘ta sezgir, ziyrak, begonani tez ilg‘aydi. Egasiga esa erkalanib turli hil tovushlar yo‘llab, qanotlarini qoqib, boshqa tuyaqushlar bilan raqsa tushgandek turadi. Xozirda shu qishloq aholisi kelib ushbu jonzotlarni tomosha qilib ketishyapti. Kelgusida bizning fermer xo‘jaligimiz turistik marshrutga kiritilib, sayyoxlarga xizmat qiladi.

Ilxom VAPAYEV, «Sharifboy Shoxjaxon» fermer xo‘jaligi rahbari, Beshariq qishlog‘i «Nurli maskan» mahallasi.