Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



2015 yilning birinchi yarim yilligida Xorazmni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish natijalari muhokama qilindi
27.07.2015

Viloyat hokimligida joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy qayta o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish ishlarini tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika ishchi guruhi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, boshqarmalar, tashkilotlar, xuquqni muxofaza qilish idoralarining rahbarlari, tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok qildilar.
Viloyat hokimi P.Bobojonov majlisni boshqarib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikramov majlisda qatnashdi va so‘zga chiqdi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida viloyatda yalpi hududiy mahsulot xajmi 11,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 30,8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi 6,2 foizga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari 3,9 foizga o‘sishiga erishildi.
Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarni faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash natijasida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 40,2 foizga, mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi 2,5 foizga, chakana tovar aylanmasi 14,5 foizga va xizmatlar 12,4 foizga o‘sishi ta’minlandi.
Joriy yilning 1-yarim yilligida 767 ta loyiha o‘rniga 932 ta loyiha amalga oshirilib 251 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritildi va 4922 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan xisobot davriga qadar qo‘shimcha loyihalar bilan birga qiymati jami 270,8 mln. dollarlik 274 ta loyiha amalga oshirilib, 8175 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.
Dastur doirasida shu kunga qadar 36 mingdan ortiq “Damas”, 3 mingga yaqin “Orlando” rusumli avtomobillar, 119 ta ekskavator va 54 ta buldozerlar ishlab chiqarildi.
Shuningdek, viloyatimizda maishiy gaz ballon, muzlatkich, metall armaturalar, sport inventarlari xamda kir yuvish kukuni, yuqori kuchlanishli apparatlar, tikuvchilik mahsulotlari kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Xududiy korxonapar tomonidan 19,0 mln. AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 107,3 foizga bajarildi.
Prezidentimizning “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisining ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan o‘tgan davr mobaynida keng miqyosda qurilish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Urganch shahar yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga 194 mlrd. so‘m, viloyat injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilishga 202 mlrd. so‘m hamda shaharda arxitektura ko‘rinishini yaxshilash, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirishga 662 mlrd. so‘m sarflandi.
Shu bilan birga Yurtboshimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm soxasini rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq hisobot davriga qadar 45.3 mln. dollarlik 99 ta loyiha to‘liq amalga oshirildi. Viloyatda sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari kengaydi va sifati har tomonlama yaxshilandi.
Bandlik dasturiga asosan 28,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilib, birinchi yarim yillik prognoz ko‘rsatkichi 101,4 foizga bajarildi.
Prezidentimizning shu yil 15 mayda qabul qilgan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida iqtisodiyotda xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk ulushini yanada izchil oshirish uchun imkoniyatlar qayd etilgan.
Majlisda barcha joyda xususiy mulk, tadbirkorlikni tez sur’atlar bilan rivojlantirish uchun zarur shart - sharoitlarni yaratish qat’iy ta’kidlab o‘tildi.
Majlisda ma’ruza qilgan viloyat xokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xo‘janiyozova ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda belgilangan dasturlarning, ustuvor vazifalarning ijrosi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror usishini ta’minlash, tarmoqlarga qo‘shimcha rezervlarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, joylarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, bandligini ta’minlash, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ekglariga xamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga kredit berishni kengaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora - tadbirlar va istiqbolli loyihalar, ularning ishlab chiqarishga joriy qilish samaralari, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosida izchil ravishda olib borilayotgan keng qamrovli ishlarga atroflicha to‘xtalindi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Ro‘zmetov xududlarning sanoat va eksport salohiyatini oshirish uchun olib borilayotgan ishlar, iqtisodiyot tarmoqlari, muassasalarning kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorligini ta’minlash, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, uy- joylarni o‘z muddatida qurib, foydalanishga topshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.
Majlisda viloyat prokurori Q.Tuychiyev, viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i I.Sobirov ma’ruza qilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli ximoya qilishni ta’minlash, nazorat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish va ularning xuquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish kabi shu kunning ustuvor, dolzarb masalalariga e’tibor qaratdilar.
Tadbirkorlikni yanada rivoj­lantirish, faoliyat ko‘rsatmayotgan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini qayta tiklash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish muhimligi va bu yuzadan mahalliy hokimliklarning oldida turgan vazifalar aniq ko‘rsatildi.
Prezidentimizning joriy yil 28 aprelda qabul qilgan “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq “nol” qiymatda sotilishi belgilangan 5 ta va ommaviy savdolarga chiqarilgan 6 ta ob’ektlarga saloxiyatli investorlarni jalb qilish, 2 ta past rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat korxonalarini tugatish ishlarini yakunlash, 26 ta ob’ektni buzishdan bo‘shagan 14,3 gektar yer maydonlarini tadbirkorlik sub’ektlariga 1 yil ichida qurib bitkazish sharti bilan tanlon savdolarida sotish lozimligi xam eslatib o‘tildi. Bunda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish na raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi viloyat xududiy boshqarmasi tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini doimiy monitoringini joriy etishga alohida e’tibor qaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Viloyat hokimligining Axborot xizmati