Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Tarixiy shaxslar

Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiy Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Davomi..

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimi, 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topgan. U yoshlik va o‘spirinlik yillarini o‘z vatanida o‘tkazib, o‘sha yerda turli ilmlarni o‘rgandi va olim sifatida shakllandi. Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oladi, o‘sha paytlar Buxoroda yashayotgan bo‘lajak olim Abu Ali Ibn Sino bilan yozishmalar orqali ilmiy muloqotda bo‘ladi. U ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Bu esa o‘z navbatida, Beruniyga mazkur tillardagi asarlar bilan chuqur tanishishga imkoniyat yaratadi. Davomi..
Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusi al-Katrabbuli (783, Xiva – 850, Bag'dod) – o'rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma'lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo'lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so'ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an'analari asosiy rol o'ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o'g'li va uning Xurosondagi voliysi al-Ma'mun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bag'dodni egallagan al-Ma'mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o'zi bilan olib ketib, o'ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Davomi..
Pahlavon Mahmud
Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xorazmda, oilasi Ko’hna Urganchdan Xivaga ko’chib o’tayotgan vaqtda tug’ilgan. Mazmunan boy vateran, shaklan pishiq va go‘zal falsafiy ruboiylari tufayli «Xorazm Xayyomi» nomi bilan shuhrat qozongan bu ulug‘ inson Pahlavon Mahmud, Puryorvaliy deb dovrug‘ taratgan hassos shoir, yengilmas pahlavon va mashhur avliyodir. Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan, bir umr kuragi yerga tegmay, mamlakatning birinchi polvoni, pahlavonlar peshvosi bo‘lgan. Davomi..